ADVOKAT DAXLSIZLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY KAFOLATLARI: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Keywords:
advokat, advokatura, advokat daxlsizligi, advokatlik siri, advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokat mustaqilligi, himoya huquqi.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida advokat daxlsizligi institutining nazariy-huquqiy asoslari, xalqaro standartlar bilan uyg‘unligi hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5–8-moddalaridagi kafolatlar, shuningdek 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-1182-son Qonun bilan joriy etilgan daxlsizlikka ega shaxslarga nisbatan ish yuritishning umumiy tartibi normativ tahlil asosida o‘rganiladi. Advokat daxlsizligi uning shaxsiy imtiyozi sifatida emas, balki himoya huquqini real ta’minlovchi kasbiy-protsessual kafolat sifatida asoslanadi. Tahlil natijasida majburlov choralariga sanksiya berish vakolati 6-moddada ayblov tomonida qolayotgani, advokatning o‘zi ayblanuvchi bo‘lganda boshqa mijozlar siri himoyasi mexanizmi ko‘rsatilmagani, yangi qonun bilan belgilangan umumiy tartibning advokatlik faoliyatining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unligi aniqlashtirishni talab qilishi, qonunning 5, 7 va 8-moddalaridagi javobgarlikka havolalar umumiy xarakterda qolayotgani hamda advokat so‘rovlariga oid javobgarlik choralarining yetarliligi amaliyot asosida baholanishi lozimligi aniqlandi. Muammolarni bartaraf etish uchun sud nazoratini joriy etish, advokatlik siri uchun maxsus “filtr” tartibini va Advokatlar palatasining ishtirokini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (2023-yil 30-aprel referendumida qabul qilingan yangi tahrir), XXIV bob. – URL: https://lex.uz/mact/-6445145 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
2.“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1996-yil 27-dekabr, 349-I-son (amaldagi tahrir). – URL: https://lex.uz/acts/-54503 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
3.“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1998-yil 25-dekabr, 721-I-son. – URL: https://lex.uz/mact/-29626 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – URL: https://lex.uz/ru/docs/-3731060 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
5.O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-1182-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni. – URL: https://lex.uz/doc-passport/-8537007 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
6.O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, 1994-yil 22-sentabr. – URL: https://lex.uz/mact/-111460 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
7.O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. – URL: https://lex.uz/acts/-97664 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
Xalqaro hujjatlar va xalqaro sud amaliyoti
8.BMT. Advokatlarning roli to‘g‘risidagi asosiy prinsiplar (Basic Principles on the Role of Lawyers). Gavana, 1990-yil 27-avgust – 7-sentabr.
9.Council of Europe, Committee of Ministers. Recommendation Rec(2000)21 on the freedom of exercise of the profession of lawyer, 25 October 2000.
10.CCBE. Charter of Core Principles of the European Legal Profession, 2006.
11.ECtHR. Niemietz v. Germany, no. 13710/88, 16.12.1992; André and Others v. France, no. 18603/03, 24.07.2008; Michaud v. France, no. 12323/11, 06.12.2012. – URL: https://hudoc.echr.coe.int (murojaat sanasi: 22.11.2026).
Ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar
12.Bunyodov Sh. Advokatlik faoliyati kafolatlari institutining nazariy-huquqiy asoslari // CAJAR. – URL: https://inlibrary.uz/index.php/cajar/article/view/127413 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
13.Xakimova K. Advokat sirini ta’minlash muammolarini va advokatlik tuzilmalarida shartnomalar tuzilishining xususiyatlarini tahlil qilish // Jamiyat va innovatsiyalar. – 2025. – Maxsus son 11. – URL: https://inscience.uz/index.php/socinov/article/download/7718/7442/23854 (murojaat sanasi: 22.11.2026).
14.Adliya vazirligi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? // UzA, 2026-yil 1-avgust. – URL: https://uza.uz/oz/posts/adliya-vazirligi-tomonidan-qanday-ishlar-amalga-oshirilmoqda_889653 (murojaat sanasi: 22.11.2026).