Vol. 1 No. 2 (2026): TABIIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING ILMIY YECHIMLARI KONFERENSIYASI
“Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari va ularning ilmiy yechimlari” mavzusidagi ilmiy onlayn konferensiya tabiiy fanlar sohasida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish va ommalashtirishga qaratilgan ko‘p tarmoqli ilmiy tadbir hisoblanadi. Konferensiya doirasida fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, geografiya, geologiya, agrar fanlar, tibbiy-biologik yo‘nalishlar hamda fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dolzarb ilmiy masalalar, ularning nazariy va amaliy yechimlari yoritiladi.
Mazkur ilmiy konferensiya 1951090-raqam bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Worldly Knowledge nashriyot asosida tashkil etilib, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini keng jamoatchilikka yetkazishni maqsad qilgan. Konferensiyada mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, o‘z ilmiy maqola va tezislari bilan onlayn konferensiya qatnashishlari mumkin.