YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIKA MUAMMOLARI
Keywords:
bachadon bo‘yni saratoni, HPV infeksiyasi, epidemiologiya, skrining, profilaktika, reproduktiv yoshdagi ayollar.Abstract
Mazkur tezisda yosh ayollar orasida bachadon bo‘yni saratonining epidemiologik xususiyatlari, kasallik rivojlanishining asosiy xavf omillari hamda uni erta aniqlash va profilaktika masalalari tahlil qilinadi. Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligi uchun muhim tibbiy va ijtimoiy muammo hisoblanadi. Tadqiqot davomida inson papilloma virusi (HPV) infeksiyasi, erta jinsiy hayot boshlanishi, skrining tekshiruvlarining yetarli darajada o‘tkazilmasligi hamda zararli odatlarning kasallik rivojlanishidagi roli o‘rganildi. Shuningdek, bachadon bo‘yni saratonini kamaytirishda skrining dasturlari va HPV vaksinatsiyasining ahamiyati tahlil qilindi. Olingan natijalar yosh ayollar orasida profilaktika choralarini kuchaytirish hamda kasallikni erta aniqlash tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1.World Health Organization. Cervical cancer prevention and control. Geneva, 2022.
2.Bray F., Ferlay J. Global cancer statistics. CA Cancer Journal for Clinicians. 2020.
3.Arbyn M., Weiderpass E. Worldwide burden of cervical cancer. Lancet Global Health. 2021.
4.Schiffman M., Castle P. Human papillomavirus and cervical cancer. New England Journal of Medicine.
5.Crosbie E., Einstein M. Human papillomavirus and cervical cancer. Lancet. 2022.
6.Berek J. Gynecology. Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins.
7.Bosch F., Lorincz A. The causal relation between HPV and cervical cancer. Journal of Clinical Pathology.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.