OLIY TAʼLIMDA PEDAGOGIKA FANLARI VOSITASIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING DIDAKTIK-LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
bo‘lajak pedagog, didaktik-loyihalash kompetentligi, pedagogika fanlari, pedagogik loyihalash, kompetensiyaviy yondashuv, loyiha asosida ta’lim, pedagogik texnologiya, ta’lim jarayoni, kasbiy kompetentlik, refleksiv faoliyat.Abstract
Mazkur taqrizda pedagogika fanlari vositasida bo‘lajak pedagoglarning didaktik-loyihalash kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarining nazariy va metodik jihatlari tahlil etilgan. Unda bo‘lajak pedagoglarning ta’lim jarayonini maqsadli rejalashtirish, pedagogik mazmunni tanlash, o‘qitish metod va vositalarini loyihalash, o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish hamda ta’lim natijalarini baholashga tayyorgarligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Didaktik-loyihalash kompetentligini rivojlantirishda kompetensiyaviy, tizimli va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlarning imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, pedagogika fanlarini o‘qitishda loyiha asosida ta’lim, muammoli ta’lim, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, amaliy topshiriqlar va refleksiv faoliyatdan foydalanishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlar asosida didaktik-loyihalash kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, metodik shartlari va baholash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
References
1.Shulman, L. S. Those Who Understand: Knowledge Growth in Teaching // Educational Researcher. – 1986.
2.Guo, P., Saab, N., Post, L. S., Admiraal, W. A review of project-based learning in higher education: Student outcomes and measures // International Journal of Educational Research. – 2020.
3.Kokotsaki, D., Menzies, V., Wiggins, A. Project-based learning: A review of the literature // Improving Schools. – 2016.
4.Chen, C.-H., Yang, Y.-C. Revisiting the effects of project-based learning on students’ academic achievement: A meta-analysis investigating moderators // Educational Research Review. – 2019.
5.Hanney, R. Doing, being, becoming: a historical appraisal of the modalities of project-based learning // Teaching in Higher Education. – 2018.