DIAGNOSTIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK KVALIMETRIYA MEZONLARI VA KO’RSATKICHLARI
Keywords:
diagnostik madaniyat, pedagogik kvalimetriya, baholash mezonlari, ko‘rsatkichlar tizimi, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya, ta’lim sifati, diagnostik faoliyat, pedagogik baholash.Abstract
Mazkur tezisda diagnostik madaniyatni shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo‘lib, unda pedagogik kvalimetriya yondashuvi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining nafaqat bilim berish, balki ta’lim jarayonini chuqur tahlil qilish, o‘quvchilar bilim darajasini aniqlash va baholashga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, diagnostik madaniyat o‘qituvchining kasbiy kompetentligining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari asosida pedagogik kvalimetriya vositalaridan samarali foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini shakllantirish mumkinligi asoslanadi. Shuningdek, taklif etilgan mezon va ko‘rsatkichlar tizimi ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
References
1.Pedagogika nazariyasi va tarixi: Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nashriyoti, 2020.
2.Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2019.
3.Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
4.Muslimov N.A. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.
5.Karimova V.M. Pedagogik diagnostika va baholash asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
6.Selevko G.K. Sovremennye obrazovatelnye tekhnologii. – Moskva: Narodnoe obrazovanie, 2016.
7.Bloom B.S. Taxonomy of Educational Objectives. – New York: Longmans, 1956.
8.Thorndike R.L. Educational Measurement. – Washington: American Council on Education, 2014.