BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Authors

  • Toshtemirova Xurshida G‘ofurjonovna Andijon davlat universiteti 2-bo‘lim muhandisi, Mustaqil tadqiqotchi

Keywords:

Kalit so‘zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, innovatsion faoliyat, pedagogik shart-sharoit, innovatsion kompetensiya, pedagogik ta’lim, refleksiya, loyihaviy ta’lim, raqamli kompetensiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni samarali tashkil etish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Innovatsion faoliyatga tayyorlik motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-texnologik va refleksiv-baholash komponentlarining integrativ birligi sifatida talqin qilinadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim muhitini yaratish, muammoli va loyihaviy ta’limni qo‘llash, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, nazariya bilan pedagogik amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda pedagogik hamkorlikni ta’minlash asosiy shart-sharoitlar sifatida asoslanadi. Mazkur shartlarning tizimli amalga oshirilishi bo‘lajak o‘qituvchining yangilikni anglash, uni tanqidiy baholash, pedagogik vaziyatga moslashtirish va amaliyotga joriy etish qobiliyatini rivojlantirishi ko‘rsatiladi.

References

1.Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A.H. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (pedagog mutaxassislar uchun amaliy tavsiyalar). – Toshkent: Iste’dod, 2008. – 180 b.

2.Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv-metodik qo‘llanma. – Toshkent: Sano-standart, 2015. – 208 b.

3.Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M.H. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.

4.Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. – 232 b.

5.Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008.

6.Ro‘ziyeva D.I., Usmonboyeva M.H., Holiqova Z.R. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. – Toshkent: TDPU, 2013.

Published

2026-09-16

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.