BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY SIFATLARNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR
Keywords:
bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy sifatlar, shakllanish bosqichlari, pedagogik tayyorgarlik, kommunikativ yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, amaliy faoliyat, refleksiya, mentorlik, innovatsion metodlar, pedagogik kompetensiya, shaxsiy rivojlanish.Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy sifatlarning shakllanish jarayoni, uning bosqichlari, nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari tizimli tarzda tahlil qilingan. Pedagogik ta’lim mazmuni nafaqat nazariy bilimlarni, balki kasbga oid muhim fazilatlar - mas’uliyat, muloqot madaniyati, tashabbuskorlik, psixologik barqarorlik, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Maqolada ushbu sifatlarning shakllanish bosqichlari - boshlang‘ich (kasbga yo‘naltirilgan motivatsiya), o‘rta (amaliy faoliyat orqali tajriba orttirish) va yakuniy (mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlik) bosqichlar doirasida tahlil qilinadi. Bo‘lajak pedagog shaxsining shakllanishida kommunikativ, kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida, amaliyotda kasbiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar - rol o‘yinlari, muammoli topshiriqlar, mentorlik tizimi, reflektiv tahlil, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola yakunida kasbiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
References
1.Выготский Л.С. Психология развития человека // Москва: Педагогика. - 1984.
2.Қўчқоров А., Ҳамидова Д. Педагогик маҳорат // Тошкент: Ўқитувчи нашриёти - 2020.
3.Karimova R. “Kasbiy sifatlarni shakllantirishda faol o‘qitish metodlarining roli” // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali, 3(2), 45–52.
4.Turdaliyeva M.. “Bo‘lajak pedagoglarda refleksiv kompetensiyani shakllantirishning zamonaviy yo‘llari” // O‘zbekiston pedagogik axborotnomasi, 2022- 1(1), 88–94.
5.Yusupova M. (2023). Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda faol ta’lim texnologiyalarining roli // Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
6.Rustamov B., & Islomova D. “Bo‘lajak o‘qituvchilarda reflektiv yondashuvni rivojlantirish” // Pedagogik mahorat ilmiy-metodik jurnali, 2022- 1(3), 57–65.
7.Sharipova N. “Kasbiy o‘zlikni anglash: o‘qituvchilik kasbining zamonaviy talablari.” Zamonaviy ta’lim muammolari, 2023 - 5(2), 33–40.
8.Rahimova D. Ta’limda amaliy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi // Samarqand: 2021
9.Xolmatov Sh. Kasbiy rivojlanish psixologiyasi: nazariya va amaliyot // Toshkent, 2023. Ilm nuri.
10.UNESCO Teachers of the 21st Century: Competence and Development. Paris 2021, UNESCO Publishing. https://unesdoc.unesco.org
11.Darling-Hammond L., & Bransford J. Preparing Teachers for a Changing World: What Teachers Should Learn and Be Able to Do. San Francisco: Jossey-Bass. 2020.