SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “ODAM” VA “HUKUMAT” HIKOYALARIDA XOTIRA VA INSON RUHIYATINING BADIIY TALQINI
Keywords:
Shukur Xolmirzayev, “Odam”, “Hukumat”, xotira, ruhiyat, qarilik, inson umri, badiiy talqin, ramz.Abstract
Mazkur tezisda Shukur Xolmirzayevning “Odam” va “Hukumat” hikoyalarida xotira hamda inson ruhiyatining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. “Odam” hikoyasida xotira inson umrining so‘nggi bosqichida kechmish bilan bog‘lanishi, bolalik va yoshlik xotiralarining qayta jonlanishi orqali talqin etiladi. “Hukumat” hikoyasida esa xotira qahramonning butun hayoti davomida shakllangan qarashlar, e’tiqod va hayotiy tajribaning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Har ikki asarda xotira oddiy eslash jarayoni emas, balki inson ruhiyatini ochuvchi muhim badiiy vosita vazifasini bajaradi.
References
1.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 2007. – 229 b.
2.Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.
3.Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild: Hikoyalar. – Toshkent: Sharq, 2005.
4.Xolmirzayev Sh. Saylanma. 2-jild. – Toshkent: Sharq, 2005.
5.Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Kamalak, 2016.