“TIRAMOH ARMONLARI” ROMANIDA AVTOBIOGRAFIK ELEMENTLAR VA BADIIY TALQIN MASALALARI
Keywords:
avtobiografik roman, badiiy talqin, prototip, xronologik xotira, jurnalistik surishtiruv, ichki senzura, Jo‘ra Fozil, Tiramoh armonlari.Abstract
Mazkur maqolada taniqli yozuvchi va jurnalist Jo‘ra Fozilning “Tiramoh armonlari” romani misolida badiiy asarda avtobiografik elementlar va ularning badiiy talqini masalalari tadqiq etilgan. Asarning 1960-yillardan 2010-yilgacha bo‘lgan davr ijtimoiy-madaniy hayoti, matbuot tarixi va ijodkor shaxs shakllanishi xronologiyasi bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Romandagi real hayotiy voqealar, prototiplar va tarixiy fojialarning (Gazli portlashi) badiiy haqiqatga ko‘chish qonuniyatlari, shuningdek, sovet davri matbuotidagi ichki senzura hamda ma‘muriy bosimlar masalalari adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan yoritilgan.
References
1. Jo‘ra Fozil. Tiramoh armonlari. Roman. – Toshkent, 2008.
2. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil metodologiyasi. – Toshkent: Kamalak, 2014.
3. Sharafiddinov O. Ijodkorning hayot yo‘li va badiiy mahorat muammolari. – Toshkent: Adabiyot, 2005.
4. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
5. Goʻzal Tursunpoʻlatovna, M. (2025). Badiiy adabiyotda jurnalist obrazini yaratish. Zamonaviy dunyo ta'limi: yangi davr muammolari - yangi yechimlar , 2 (2), 43-47. https://incop.org/index.php/mo/article/view/968