BADIIY MATNDA METAFORALARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
metafora, lingvopoetika, badiiy matn, obrazlilik, metaforizatsiya, ekspressivlik, kognitiv metafora, lingvomadaniyat, individual uslub, poetik funksiya., poetic function.Abstract
Mazkur maqolada badiiy matnda metaforaning lingvopoetik tabiati, uning semantik, estetik, ekspressiv, kognitiv va lingvomadaniy imkoniyatlari tadqiq etiladi. Metafora faqat nom ko‘chishi hodisasi sifatida emas, balki badiiy tafakkurni shakllantiruvchi, matnning obrazlilik darajasini oshiruvchi hamda muallifning individual-estetik qarashlarini ifodalovchi lingvopoetik vosita sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda metaforaning badiiy matn tarkibidagi funksional xususiyatlari, kontekstual faollashuvi, inson va tabiat, vaqt va makon, ruhiy holat hamda ijtimoiy hodisalarni obrazli ifodalashdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, metaforaning an’anaviy va individual-mualliflik shakllari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Maqolada metaforani o‘rganishda semantik, lingvopoetik, kontekstual, kognitiv va lingvomadaniy yondashuvlarning o‘zaro aloqadorligi asoslab beriladi.
References
1.Aristotel.Poetika.
2.Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press.
3.Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi.
4.Hakimova M., Rahmatova F. O‘zbek tilida metafora va metonimiya shakllanishida milliy tafakkurning o‘rni // Uzbekistan: Language and Culture. 2025.
5.Rasulova M.A. Dramatik diskursda metafora va uning lingvokulturologik aspekti. Avtoreferat. 2024.
6. Tursunov M.M. Ingliz va o‘zbek tillarida metaforik iboralarning lingvokognitiv xususiyatlari. Avtoreferat. 2021.