FORUG‘ FARROHZOD SHE’RIYATI VA JASMIN DARZNIKNING “QAFASDAGI QUSH NIDOSI” ROMANIDA BOG‘ VA HOVUZ TIMSOLLARINING INTERTEKSTUAL TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: intertekstuallik, bog‘ timsoli, hovuz obrazi, semantik antiteza, badiiy makon, Forug‘ Farrohzod, Jasmin Darznik, Yuliya Kristeva.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Forug‘ Farrohzod she’riyati va Jasmin Darznikning “Qafasdagi qush nidosi” romani o‘rtasidagi intertekstual munosabatlar bog‘ va hovuz timsoli misolida tahlil qilindi. Ikki matnda ham bir xil real makon Amiriyehdagi bog‘ va undagi hovuz tasvirlangani ko‘rsatilgan bo’lib, ammo bu makonlar she’rda yemirilish va ma’naviy tanazzul ramzi, romanda esa hayot, xotira va madaniy meros manbai sifatida qarama-qarshi talqin etiladi. Tadqiqotda Yuliya Kristevaning intertekstual diskurs nazariyasiga tayanilgan holda, bir xil badiiy detalning ikki matnda teskari semantik yuk kasb etish sabablari janr xususiyati, tasvirlangan davr farqi hamda muallif nuqtayi nazari (ichkaridan/tashqaridan qarash) asosida izohlanadi.
References
1.Darznik J. Song of a Captive Bird. – New York: Ballantine Books, 2018.
2.Farrokhzad F. Sin: Selected Poems of Forugh Farrokhzad. Trans. by Sholeh Wolpé. – Fayetteville: University of Arkansas Press, 2007.
3.Kristeva J. Desire in Language: A Semiotic Approach to Literature and Art. – New York: Columbia University Press, 1980.
4.Genette G. Palimpsests: Literature in the Second Degree. – Lincoln: University of Nebraska Press, 1997.
5.Xajiyeva F.M. Zamonaviy adabiyotshunoslikda intertekstuallik muammolari. – Buxoro, 2020.