ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA NEOMIFOLOGIZM VA ZAMONAVIY AFSONA POETIKASI(Isajon Sulton asarlari misolida)

Authors

  • Muxtorova Rayxon Ali qizi Tadqiqotchi

Keywords:

Kalit so‘zlar: neomifologizm, zamonaviy afsona, arxetip, mifopoetika, badiiy vaqt, ramziy makon, folklor kodi, Isajon Sulton, zamonaviy o‘zbek nasri.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tezisda zamonaviy o‘zbek nasrida neomifologik tafakkurning namoyon bo‘lish shakllari Isajon Sulton ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda mifologik syujetni tayyor holda takrorlash emas, balki qadimiy ramz, arxetip va folklor kodlarining zamonaviy insonning ma’naviy izlanishlari bilan qayta semantizatsiyalanishi asosiy mezon sifatida qaraladi. Adibning “Boqiy darbadar”, “Ozod” va “Bog‘i Eram” asarlarida vaqtning chiziqli emas, aylanasimon va xotiraviy shaklda qurilishi, yo‘l, bog‘, sahro, chegaraviy makon kabi timsollarning insonning ichki holatini ifodalovchi poetik vositaga aylanishi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy afsona poetikasining qahramonning o‘zlikni anglash jarayoni, tarixiy xotira va axloqiy tanlovni badiiy umumlashtirishdagi vazifasi ochib beriladi.

References

1.Sulton, I. (2011). Boqiy darbadar: roman va hikoyalar. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

2.Sulton, I. (2012). Ozod: roman va hikoyalar. Toshkent: Sharq nashriyoti.

3.Sulton, I. (2015). Bog‘i Eram: qissa va hikoyalar. Toshkent: Sharq nashriyoti.

4.Quronov, D. (2018). Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr.

5.Normatov, U. (2007). Yangi o‘zbek adabiyoti. Toshkent.

Downloads

Published

2026-09-30

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.