INKLYUZIV TA’LIM UCHUN ASSISTIV QURILMALARNI LOYIHALASHDA 3D MODELLASHTIRISHNING O‘RNI

Authors

  • Alimardanova Sitora Ikrom qizi Termiz davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Surxondaryo viloyati, O‘zbekiston

Keywords:

inklyuziv ta’lim, assistiv qurilma, 3D modellashtirish, 3D bosib chiqarish, individual moslashtirish, ergonomika, raqamli prototip, maxsus ta’lim ehtiyojlari, universal dizayn, additiv texnologiya.

Abstract

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim uchun assistiv qurilmalarni yaratishda 3D modellashtirish texnologiyasining pedagogik, ergonomik va texnik imkoniyatlari tahlil qilingan. Maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun ishlab chiqiladigan standart qurilmalar har doim ham bolaning anatomik xususiyatlari, harakat imkoniyatlari va bajaradigan ta’limiy faoliyatiga to‘liq mos kelmasligi asoslangan. 3D modellashtirish vositasida qurilmaning o‘lchami, shakli, tutqich burchagi, qalinligi, og‘irligi va funksional elementlarini individual ehtiyojlarga muvofiq loyihalash imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda ilmiy manbalarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, pedagogik modellashtirish va loyihaviy yondashuv metodlaridan foydalanilgan.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori.

3.World Health Organization, UNICEF. Global Report on Assistive Technology. Geneva: WHO, 2022.

4.UNESCO. Inclusion in Education: What You Need to Know. Paris: UNESCO, 2026.

5.UNESCO Institute for Information Technologies in Education. Innovative Technologies for Inclusive Education: A Review of Best Practices from Global Resource Centers. Moscow: UNESCO IITE, 2025.

6.Aflatoony, L., Lee, S.J., Sanford, J. Collective making: Co-designing 3D printed assistive technologies with occupational therapists, designers, and end-users. Assistive Technology. 2023;35(2):153–162.

7.Hale, L., Linley, E., Kalaskar, D.M. A digital workflow for design and fabrication of bespoke orthoses using 3D scanning and 3D printing: A patient-based case study. Scientific Reports. 2020;10:7028.

Downloads

Published

2026-06-09

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.