MAXSUS PEDAGOGLARDA INKLYUZIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Keywords:
Inklyuziv ta’limning o‘zi nima? – degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Inklyuziv ta’lim (ingilizcha inclision – o‘z ichiga olish, kiritish, uyg‘unlashtirish) davlat siyosati bo‘lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli (tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, turli hil kasalliklarga chalingan ijtimoiy himoyaga muhtoj mayda millat bolalari) maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan birga umumta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashni ko‘zda tutadi.Abstract
Prezidentimizning «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida: tajriba-sinov tariqasida shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilinadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochiladi; Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi. Bundan tashqari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni shakllantirishdir deyiladi.
References
1.N.B.Goipova.Inklyuziv ta’lim. Gopital pedagogika. Namangan. 2024. 252bet.
2.F.U.Qodirova, X.Sh.Yunusova. Inklyuziv va maxsus ta’limning filologik asoslari. Chirchiq, 2022.
3.O’zbеkistоn Rеsрublikаsining Kоnstitusiyаsi.-T.: “О‘zbеkistоn”, 2020 - 46 b
4.О‘zbеkistоn Rеsрublikаsining 23.09.2020 y. О‘RQ-637-sоn “Tа’lim tо‘g‘risidа”gi Qоnuni // Qоnunсhilik mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-sоn).
5.О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining 2022 yil 28 yаnvаrdаgi “2022-2026 yillаrgа mоʻljаllаngаn Yаngi Оʻzbеkistоnning tаrаqqiyоt strаtеgiyаsi tоʻgʻrisidа”gi РF-60-sоn Fаrmоni. httрs://www.lех.uz/ru/dосs/-584106.