INKLYUZIV TA’LIM VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Keywords:
inklyuziv ta’lim, ijtimoiy pedagogika, alohida ta’lim ehtiyojlari, teng imkoniyatlar, ijtimoiy moslashuv, pedagogik hamkorlik.Abstract
Ushbu tezisda inklyuziv ta’lim va ijtimoiy pedagogikaning o‘zaro aloqadorligi, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etishning pedagogik va ijtimoiy jihatlari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy moslashuvni ta’minlash hamda ta’lim muassasalarida qulay muhitni shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning o‘quvchi, oila, pedagogik jamoa va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda individual yondashuv, pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi va oila bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.
References
1.UNESCO. A Guide for Ensuring Inclusion and Equity in Education. Paris: UNESCO, 2017.
2.UNESCO. Global Education Monitoring Report 2020: Inclusion and Education — All Means All. Paris: UNESCO, 2020.
3.United Nations. Convention on the Rights of Persons with Disabilities. New York: United Nations, 2006.
4.United Nations. Convention on the Rights of the Child. New York: United Nations, 1989.
5.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.