ROBOTOTEXNIKA O‘QITISHDA IDEA METODIDAN FOYDALANISH ORQALI TALABALARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
Keywords:
robototexnika, IDEA metodi, texnik ijodkorlik, Arduino, STEAM ta’limi, loyihaviy ta’lim, tajriba-sinov, samaradorlik koeffitsiyenti.Abstract
Maqolada robototexnika darslarida IDEA metodidan foydalanish orqali talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirish masalasi tajriba-sinov natijalari asosida yoritildi. Tadqiqotning maqsadi robototexnika mashg‘ulotlarida Identify, Design, Experiment va Analyze bosqichlariga tayanadigan IDEA metodining talabalarda texnik muammoni aniqlash, konstruktiv yechim loyihalash, amaliy model yaratish, dasturlash va natijani tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda jami 49 nafar talaba ishtirok etdi: tajriba guruhida 24 nafar, nazorat guruhida 25 nafar talaba qatnashdi. Tajriba boshida guruhlarning o‘rtacha natijalari yaqin bo‘lib, tajriba guruhida 3,71 ball, nazorat guruhida 3,68 ballni tashkil etdi. Shakllantiruvchi bosqichda tajriba guruhi robototexnika topshiriqlarini IDEA metodi asosida, nazorat guruhi esa an'anaviy yondashuvda bajardi. Yakuniy natijalarda tajriba guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,42 ballga, nazorat guruhiniki 3,84 ballga teng bo‘ldi. Samaradorlik koeffitsiyenti 1,148 ni tashkil etib, tajriba guruhidagi metodika nazorat guruhiga nisbatan 14,8 foiz yuqori natija bergani aniqlandi. Natijalar IDEA metodi robototexnika darslarida texnik ijodkorlikni rivojlantirishda samarali metodik vosita ekanligini ko‘rsatadi.
References
1.Gubenko, A., Kirsch, C., Smilek, J. N., Lubart, T., & Houssemand, C. (2021). Educational robotics and robot creativity: An interdisciplinary dialogue. Frontiers in Robotics and AI, 8, 662030. https://doi.org/10.3389/frobt.2021.662030
2.Guilford, J. P. (1950). Creativity. American Psychologist, 5(9), 444-454. https://doi.org/10.1037/h0063487
3.Kwon, H., & Lee, Y. (2025). A meta-analysis of STEM project-based learning on creativity. STEM Education, 5(2), 275-290. https://doi.org/10.3934/steme.2025014
4.Lou, S. J., Chou, Y. C., Shih, R. C., & Chung, C. C. (2017). A study of creativity in CaC2 STEAMship-derived STEM project-based learning. Eurasia Journal of Mathematics, Science and Technology Education, 13(6), 2387-2404.
5.Lu, S. Y., Lo, C. C., & Syu, J. Y. (2022). Project-based learning oriented STEAM: The case of micro-bit paper-cutting lamp. International Journal of Technology and Design Education, 32, 2553-2575. https://doi.org/10.1007/s10798-021-09714-1
6.Tuxtasinov M.M. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga robototexnikani o‘qitishda “IDEA” metodidan foydalanishning pedagogik asoslari // «Ta’lim, fan va innovatsiya» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. – Toshkent, 2026. - №1. – 60-62 B.
7.Tuxtasinov M.M. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining texnik ijodkorligini rivojlantirishda “IDEA” metodidan foydalanish // “fan va madaniyat rivojlanishi: renessans g‘oyalarining zamonaviy ilmiy jarayonlarda namoyon bo‘lishi” mavzusidagi Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Toshkent – 2025. – 331-334 B
8.Vygotsky, L. S. (2004). Imagination and creativity in childhood. Journal of Russian and East European Psychology, 42(1), 7-97. https://doi.org/10.1080/10610405.2004.11059210