O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING URUSHGA TO‘LIQ SAFARBAR ETILISHI.
Keywords:
Sovet davlati hududiga ko‘chgan ikkinchi jahon urushi SSSRda yashab turgan barcha millat va elat vakillarining xalq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lidagi tinch mehnatini, kapital mablag‘laridan foydalanishdagi xohish-istaklarini, sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlarini rivojlantirishdagi urinishlarini, sanoat tuzilishi sohasidagi oldinga intilishlarni o‘zgartirib yubordi.Abstract
Tadqiqotlardan ma’lumki fashistlar Germaniyasi 1941-yil yozida, 22-iyun yakshanba kuni tongotardida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi 1939-yil 23-avgustdagi shartnoma shartlarini buzib, Sovet Ittifoqi hududiga bostirib kirdi. SSSR xalqlari, shu jumladan, O‘zbekiston xalqlari uchun ham og‘ir-sinovli davr, ya’ni, ularning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashi davri boshlandi. Gitlerchilarning Sharqqa doir harbiy muddaolarini o‘zida gavdalantirgan “Barbarossa” rejasiga “yashin tezligidagi urush” g‘oyasi asos bo‘lgan edi. Sovet Ittifoqini oz fursat ichida, qisqa muddatli kompaniya jarayonida mag‘lub qilish va urushni 1941-yil kuzida tamomlash rejalashtirilgan edi.