HUDUDIY SANOAT ZONALARIDA TADBIRKORLIK INFRATUZILMASINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
So‘nggi yillarda xalqaro amaliyotda infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarib bormoqdaAbstract
Bugungi kunda sanoat ishlab chiqarishini hududlar kesimida samarali tashkil etish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlatlarning uzoq muddatli iqtisodiy siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Sanoat zonalari bugungi kunda faqat ishlab chiqarish quvvatlari jamlangan hudud sifatida emas, balki kapital, texnologiya, logistika, innovatsiyalar va biznes xizmatlarini o‘zida mujassamlashtirgan murakkab iqtisodiy makon sifatida shakllanmoqda. Mazkur makonning barqaror rivojlanishi esa, avvalo, tadbirkorlik infratuzilmasini moliyalashtirish tizimining mukammalligi bilan belgilanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, sanoat zonalarida elektr ta’minoti, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, transport-logistika obyektlari, biznes xizmatlari markazlari, innovatsion laboratoriyalar va raqamli boshqaruv platformalarining o‘z vaqtida barpo etilishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi, yangi korxonalar tashkil etilishini jadallashtiradi hamda hududning investitsion jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois infratuzilmani moliyalashtirish mexanizmlarini iqtisodiy jihatdan takomillashtirish bugungi kunda nafaqat hududiy rivojlanish, balki milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta'minlashning muhim sharti sifatida qaralmoqda.
References
1.Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.02.2026 yildagi PF-21-son.
2.E. Yescombe. Principles of Project Finance. 2nd ed. – London: Academic Press, 2014. – 560 p.
3.OECD. Financing Sustainable Infrastructure Investment. – Paris: OECD Publishing, 2024. – 214 p.
4.UNCTAD. World Investment Report 2025: International Investment in the Digital Economy. – Geneva: United Nations, 2025. – 284 p.
5.Asian Development Bank. Asian Economic Integration Report 2025: Infrastructure Connectivity and Investment. – Manila: ADB, 2025. – 246 p.
6.S. Van Zoest, T. Daamen. Private Funding Contributions for Public Infrastructure: Explaining Implementation Efforts in Brainport Eindhoven. // Cities. – 2025. – Vol. 166. – Article 106169.
7.N. Jayasena, D. Chan, M. Kumaraswamy, S. Seidu, E. Ekanayake, F. Siu. Adoption of Public–Private Partnership in Smart Infrastructure Development Projects in Developing Nations. // Cities. – 2024. – Vol. 154. – Article 105232.
8.Q. Abdurahmonov. Mintaqaviy iqtisodiyot va hududlarni barqaror rivojlantirish. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020. – 356 b.