SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH OBYEKTLARIDA XAVSIZLIKNI TA’MINLASHDA DAVLAT ORGANLARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
jamoat xavfsizligi, savdo obyekti, xizmat ko‘rsatish obyekti, tadbirkorlik subyekti, davlat organlari, hamkorlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yong‘in xavfsizligi, videokuzatuv, xavflarni baholash, raqamlashtirish, jamoat tartibi.Abstract
Tezisda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat organlari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Savdo markazlari, bozorlar, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa ommaviy tashrif buyuriladigan obyektlarda jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish masalalari yoritiladi. Shuningdek, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi, profilaktik hamkorlik, xavflarni baholash va raqamli monitoring mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 791-son “Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibiga oid normativ hujjatlari.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-son Qonuni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son “Har yillik «Savdo va xavfsizlik» tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori.