ROBOTOTEXNIKA VA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA AQLLI XIZMAT KOʻRSATISH ROBITLARINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
robototexnika, sunʼiy intellekt, aqlli robotlar, xizmat ko‘rsatish, mashinaviy o‘rganish, kompyuter ko‘rish, nutqni qayta ishlash, sensorlar, avtomatlashtirish, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada robototexnika va sunʼiy intellekt asosida aqlli xizmat ko‘rsatish robotlarini yaratish texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Aqlli robotlar xizmat ko‘rsatish sohasida inson mehnatini yengillashtirish, xizmat sifatini oshirish va tezkorlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida qaraladi. Maqolada sunʼiy intellekt algoritmlari, mashinaviy o‘rganish, kompyuter ko‘rish va nutqni qayta ishlash texnologiyalarining robotlar faoliyatidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, sensorlar, aktuatorlar va dasturiy ta’minot integratsiyasi orqali robotlarning muhitga moslashuvchanligi va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xizmat ko‘rsatish robotlarining savdo, tibbiyot, mehmonxona va transport sohalaridagi qo‘llanilishi hamda ularning afzalliklari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari aqlli robot tizimlarini yaratishda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
References
1. Muhitdinov B. Mexatronika va robototexnika. – Toshkent: TDTU, 2021. – 300 bet.
2. Zoxiddinov U.I. Avtomatikada sun’iy intellektning roli. – Ilmiy jurnal, 2024. – 8–12 betlar.
3. Abdullayeva R., Davletboyev S. Robototexnika va sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. – Pedagogik jurnal, 2025. – 389–395 betlar.
4. Raxmonov K.Sh. Sun’iy intellekt va tibbiyot. – Ilmiy maqola, 2024. – 36–40 betlar.
5. Predko M. Robot Control Devices: Circuit Design and Programming. – New York: McGraw-Hill, 2004. – 402 bet.