INVESTORLAR VA MANFAATDOR TOMONLARNING FAOLLIGI HAMDA ULARNI KOMPANIYA BOSHQARUVIGA JALB QILISH SHAKLLARI
Keywords:
aksiyadorlik faolligi, institutsional investorlar, korporativ boshqaruv, manfaatdor tomonlar, ESG, proxy ovoz berish, xedj-fondlar.Abstract
Mazkur ilmiy ishda investorlar va manfaatdor tomonlarning kompaniya boshqaruviga faol ishtirok etishining nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va iqtisodiy oqibatlarini keng ko`lamda tahlil qiladi. Aksiyadorlik faolligi, institutsional investorlarning ovoz berish huquqlari, ijtimoiy mas'uliyat talablari va ESG (atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv) mezonlari bo'yicha mavjud adabiyotlar tizimli ravishda ko'rib chiqilgan. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, faol investorlarning kompaniya qarorlariga ta'siri nafaqat moliyaviy samaradorlikni oshiradi, balki korporativ shaffoflik, boshqaruv sifati va uzoq muddatli barqarorlikni ham sezilarli darajada yaxshilaydi. Ushbu munosabat, ayniqsa, rivojlanayotgan bozor kontekstida o'rganilganda, samarali boshqaruv mexanizmlari, qonuniy tartibga solish muhiti va manfaatdor tomonlar o'rtasidagi muloqot sifatiga bog'liqligi aniqlangan. Maqolada, shuningdek, xedj-fondlar faolligi, proksi-maslahat firmalari va institutsional investorlarning ovoz berish amaliyotlari alohida tahlil qilinadi. Xulosalar shuni tasdiqlaydiki, investorlar va manfaatdor tomonlarning kompaniya boshqaruviga samarali jalb qilinishi strategik muloqot, tartibga solish islohotlari va boshqaruv madaniyatining shakllanishi orqali erishiladi.
References
1. Brav, A., Jiang, W., Partnoy, F., & Thomas, R. S. (2008). Hedge Fund Activism, Corporate Governance, and Firm Performance. *Journal of Finance*.
2. Gillan, S. L., & Starks, L. (2000). Corporate Governance Proposals and Shareholder Activism: The Role of Institutional Investors. *Journal of Financial Economics*.
3. Ganie, I. R., Haldar, A., Wani, T., & Manuj, H. (2023). Do institutional investors affect corporate governance through proxy voting and shareholder activism? Evidence from India. *International Journal of Organizational Analysis*.
4. Uysal, N. (2025). A Networked Approach to Social Shareholder Activism: The Role of Strategic Communication and Dynamic Engagement. *International Journal of Strategic Communication*
5. Grau, A., Castelo-Branco, M., & Bel-Oms, I. (2025). The Impacts of ESG Reporting, Stakeholder Engagement and Board Gender Diversity on Firm Performance. *Business Strategy & Development*.
6. Raza, M., & Fatima, S. (2025). The Comparative Analysis of the Institutional Investors and Corporate Governance in the Context of the European Union and Pakistan. *Journal of Policy and Humanities*.