O‘ZBEK SHE’RIYATIDA IJTIMOIY LIRIKANING SHAKLLANISHI VA TADRIJI
Keywords:
Usmon Azim, hozirgi o'zbek she'riyati, ijtimoiy muammolar, ma'naviy-axloqiy muammolar, minbar she'riyati, lirik qahramon, vijdon, erk, badiiy obraz, milliy qadriyatlar.Abstract
Har qanday milliy adabiyot o‘z davri ijtimoiy hayotining badiiy solnomasidir. She’riyat esa bu solnomaning eng ta’sirchan, eng samimiy sahifalarini tashkil etadi. Zero, lirika inson qalbining bevosita ifodasi bo‘lgani bois jamiyatda kechayotgan evrilishlar, xalq dardi va orzu-armonlari, davr ma’naviy muhitidagi o‘zgarishlar avvalo she’riyatda o‘z aksini topadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy adabiyotimiz, xususan, she’riyatimiz uchun mutlaqo yangi tarixiy sharoit vujudga keldi: so‘z erkinligi ta’minlandi, mafkuraviy tazyiqlar barham topdi, ijodkor o‘z xalqi taqdiri, jamiyat muammolari haqida ochiq va dadil fikr yuritish imkoniga ega bo‘ldi. Ana shu tarixiy imkoniyat zaminida ijtimoiy lirika sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
References
1.Q. Yo‘ldosh. M. Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 2016. 201-bet.
2.D. Tajibayeva. XX asrning so ‘ngi choragi o ‘zbek she’riyatida olov timsoli ifodasi. Academic research in education sciences. 2024. 366-371-betlar.
3.H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. 2010. 326-bet
4.Usmon Azim she'riyatidagi ba'zi ramzlar va ularning o'ziga xosligi // IQRO ilmiy jurnali. URL: https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/download/3957/6044/8737
5.Usmon Azim lirikasida teatr san'ati bilan bog'liq she'rlar // Science and Innovation. URL: https://in-academy.uz/index.php/si/article/download/29627/19015/29345
6.Hozirgi o'zbek she'riyatida individual uslub muammosi (Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor, A. Qutbiddin). Monografiya. Samarqand: SamDU, 2023. URL: https://www.academia.edu/119162878/
7.G. Doshanova. Mahmud Toir lirikasining badiiy xususiyatlari. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. 20211041-1045-betlar.
8.Usmon Azim (1950) // Ziyouz o'zbek nasri. URL: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/usmon-azim-1950
9.Usmon Azim she'rlari, hayoti va ijodi. She'rlar to'plami // Ilmlar.uz. URL: https://ilmlar.uz/usmon-azim-sherlari-va-hoyoti-va-ijodi-sherlar-toplami/
10.Usmon Azim. Vatan haqida she'r va boshqa she'rlar // Tafakkur.net. URL: https://tafakkur.net/vatan-haqida-sher/usmon-azim.uz