O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA URMA-ZARBLI CHOLG‘ULARNING NOAN’ANAVIY QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kompozitor, urma-zarbli cholg‘ular, noan’anaviy, tafakkur, tembr, ijro usuli, «Noise Ocean», eksperiment.Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston kompozitorlari ijodida urma-zarbli cholg‘ularning noan’anaviy qo‘llanilishi masalasi zamonaviy kompozitorlik tafakkuri nuqtayi nazaridan yoritiladi. Urma-zarbli cholg‘ularning an’anaviy ritmik funksiyasi bilan bir qatorda, tembr, faktura, tovush tasviri va akustik effekt yaratish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning amaliy namunasi sifatida muallifning «Noise Ocean» («Okean shovqini») asari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, asarda okeandagi tabiiy hodisalar – suv harakati, shamol, momaqaldiroq, kit va delfin tovushlari ma’lum tarkibdagi urma-zarbli cholg‘ularning tembri va noan’anaviy ijro usullari orqali ifodalangan. Bu esa asarning eksperimental xarakterini va muallifning individual kompozitorlik uslubini yaqqol namoyon etadi.
References
1.Fakhridinova D. «Noise Ocean». Partiture. -T.: 2022. -3 p.
2.Solomon S. How to Write for Percussion: A Comprehensive Guide to Percussion Composition. 2nd ed. -New York: Oxford University Press, 2016. -288 p.
3.Андреева О. Ударнi iнструменти сучасного симфонiчного оркестру. – К.: Mуз. Украiна, 1985. -72 c.