INGLIZ TILIDAGI BADIIY MATNDA WATER/FIRE KONSEPTLARINING METAFORIK TALQINI
Keywords:
idiostil, obraz, badiiy simvol, individual-muallif metaforasi, Xeminguey, Bronte, Bredberi, yaqin oʻqish (close reading).Abstract
Ushbu maqola umumtipologik metafora modellarini sanab oʻtish oʻrniga, Suv va Olov obrazlarining uchta muayyan ingliz badiiy asaridagi Ernest Xeminguey “The Old Man and the Sea”, Emili Bronte “Wuthering Heights” va Rey Bredberi “Fahrenheit 451” romanlarida individual-muallif talqinini yaqindan (close reading) tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolaning maqsadi shundan iboratki, har bir yozuvchi bir xil tabiiy stixiyani oʻz badiiy niyatiga, qahramon konsepsiyasiga va asar gʻoyaviy yoʻnalishiga moslab, mutlaqo boshqacha obrazli tizim orqali qanday qayta yaratganini koʻrsatish. Suv va Olov konseptlarining tilda mavjud umumiy metaforik salohiyati har bir muallifda oʻziga xos, takrorlanmas badiiy shaklga kiradi.
References
1. Hemingway E. The Old Man and the Sea. — New York: Charles Scribner's Sons, 1952.
2. Brontë E. Wuthering Heights. — London: Thomas Cautley Newby, 1847.
3. Bradbury R. Fahrenheit 451. — New York: Ballantine Books, 1953.
4. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. — Chicago: University of Chicago Press, 1980.
5. Bachelard G. The Psychoanalysis of Fire. — Boston: Beacon Press, 1964.
6. Frye N. Anatomy of Criticism: Four Essays. — Princeton: Princeton University Press, 1957.
7. Leech G., Short M. Style in Fiction: A Linguistic Introduction to English Fictional Prose. — London: Longman, 1981.
8. Wellek R., Warren A. Theory of Literature. — New York: Harcourt, Brace and Company, 1949.