KASB KASALLIKLARI. KASB KASALLIKLARI TO‘G‘RISIDA XABAR BERISH, TEKSHIRISH, QAYD QILISH VA HISOBGA OLISH TARTIBI HAQIDA YO‘RIQNOMA
Keywords:
kasb kasalliklari, mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish omillari, zararli mehnat sharoiti, kasbiy anamnez, tibbiy ko‘rik, xabar berish, tekshirish, qayd qilish, hisobga olish, profilaktika.Abstract
Kasb kasalliklari xodimning mehnat faoliyati davomida ishlab chiqarish muhitidagi zararli va xavfli omillar ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklar guruhidir. Bunday kasalliklarning rivojlanishida kimyoviy moddalar, chang, shovqin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlanish, biologik omillar, noqulay mikroiqlim hamda jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar muhim ahamiyatga ega. Kasb kasalliklarini erta aniqlash, ularning kasbiy omillar bilan bog‘liqligini aniqlash, belgilangan tartibda xabar berish, tekshirish, qayd qilish va hisobga olish mehnatni muhofaza qilish tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur tezisda kasb kasalliklarini aniqlashda xodimning kasbiy anamnezi va mehnat sharoitlarini baholash, kasallik to‘g‘risida xabar berish, tekshirish, qayd qilish hamda hisobga olishning asosiy jihatlari yoritilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 06.06.2000-yildagi 300-son buyrug‘iga 10-ilova. Kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish va hisobga olish tartibi haqida Yo‘riqnoma. — Adliya vazirligida 23.06.2000-yilda 937-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
2.O‘zbekiston Respublikasi. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonun.
3.O‘zbekiston Respublikasi. Mehnat kodeksi. — Toshkent.
4.World Health Organization. Occupational health. — Geneva: WHO.
5.World Health Organization. Occupational health: A manual for primary health care workers. — Geneva: WHO, 2002. — 175 p.
6.International Labour Organization. List of Occupational Diseases (revised 2010): Identification and recognition of occupational diseases. — Geneva: ILO, 2010.
7.International Labour Organization. Occupational Safety and Health Convention, 1981 (No. 155). — Geneva: ILO.
8.World Health Organization. Occupational hazards in the health sector. — Geneva: WHO.