INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY KOMPETENTSIYALARNI AMALIY FAOLIYATGA TRANSFER QILISH USLUBI
Keywords:
Mazkur nuqtayi nazardan qaralganda, nazariy tayyorgarlik, o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyoti o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishning muhim pedagogik sharti hisoblanadi.Abstract
Kasbiy ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish bugungi kunda faqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish yoki alohida amaliy operatsiyalarni bajarishni o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Zamonaviy ishlab chiqarish muhiti bo‘lajak mutaxassisdan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini real mehnat sharoitida qo‘llash, kasbiy vaziyatni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish, mahsulot sifatini ta’minlash, vaqt me’yorlariga rioya etish hamda jamoa bilan samarali hamkorlik qilishni talab etadi. Shuning uchun kasbiy tayyorgarlikning natijadorligi o‘quvchining muayyan bilim yoki ko‘nikmaga egaligi bilangina emas, balki ularni o‘quv vaziyatidan real ishlab chiqarish faoliyatiga ko‘chira olish, ya’ni transfer qila olish darajasi bilan ham belgilanadi.
References
1.Choriyev R.K. Kasb ta’limi mutaxassislarini amaliy transfer tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish: diss. – T., 2020.
2.Rasulov N.R. Integrativ amaliy tayyorgarlik tizimi: nazariya va amaliyot. – T., 2020. – B. 42–48.
3.Sharipov Sh., Aripov M. va boshq. Bilim olishning intellektual tizimini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti: monografiya. – T.: Fan, 2011. – 240 b.
4.To‘xtayeva Z.Sh. Kasb-hunar ta’limida fanlararo uzviylikni ta’minlash metodikasi (“Tikuvchilik ishlab chiqarishi” yo‘nalishi misolida): diss. – T., 2012.
5.Xudayberdiyev Z.Y. O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish: integrativ amaliy tayyorgarlik va xalqaro hamkorlikning ahamiyati // O‘zbekistonda professional ta’lim. – 2024. – № 4.