SALSOLA L. TURKUMI TURLARINING FITOKIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOLLIGI

Authors

  • O.A.Abduhamidova FarDU magistranti
  • O.M.Nazarov FarDU dotsenti, k.f.f.d

Keywords:

Tikanli qumshoʻra (Salsola tragus L.) — boʻyi 10–100 sm gacha yetadigan bir yillik oʻtsimon halofit oʻsimlik.

Abstract

Tabiiy mahsulotlar va ularning metabolitlari dori vositalarini yaratishda kimyoviy jihatdan xilma-xil boshlangʻich birikmalar manbai boʻlib kelmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi va biologik faol moddalarni ajratib olish imkoniyatlarining kengayishi tadqiqotchilarni oʻsimliklarni tibbiyot bilan bir qatorda oziq-ovqat va nutratsevtika sohalarida ham oʻrganishga undamoqda. Oʻzbekistonning sahro va yarimsahro hududlarida shoʻrlangan yerlar va qurgʻoqchil iqlim sharoitiga moslashgan florani oʻrganish, ulardan tibbiyot hamda qishloq xoʻjaligida samarali foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Shoʻradoshlar (Chenopodiaceae) oilasi vakillari ekstremal ekologik sharoitda yashashga moslashgani sababli oʻzida oʻziga xos biologik faol birikmalarni toʻplaydi. Zamonaviy dori vositalarini yaratishda oʻsimlik ekstraktlari va ularning ikkilamchi metabolitlaridan kimyoviy boshlangʻich manba sifatida foydalanish tobora kengayib bormoqda. Xususan, Salsola L. turkumi turlari xalq tabobati bilan birga nutratsevtika va zamonaviy farmatsevtikada ham katta qiziqish uygʻotmoqda.

References

1.Razzakov N.A., et al. Isolation and structural characterization of isoquinoline alkaloids from Salsola tragus L. Chemistry of Natural Compounds. – 2021. – Vol. 57, No. 4. – pp. 680–684.

2.Suleimanov M.K. Halophytes as a source of bioactive compounds and natural antioxidants. Central Asian Journal of Medical and Pharmaceutical Sciences. — 2022. — Vol. 5, Issue 2. — pp. 45–51.

3.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Farmakopeyasi (I-jild). — Toshkent: Sano-standart, 2021. — 480 b.

Downloads

Published

2026-09-20

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.