TURLI XIL EKOLOGIK MUHITLARDA SILYBUM MARIANUM L.NING MOSLASHUV XUSUSIYATLARI
Keywords:
Silybum marianum, qushqoʻnmas, rastoropsha, Asteraceae, morfologik moslanish, ekologik moslashuvchanlik, qurgʻoqchilik, shoʻrlanish, dorivor oʻsimlik.Abstract
Ushbu maqolada Asteraceae oilasiga mansub dorivor oʻsimlik — Silybum marianum L. ning turli ekologik muhitlarda namoyon boʻladigan morfologik va ekologik moslashuv xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur tur qurgʻoqchil, shoʻrlanishga moyil, ochiq yorugʻlik kuchli tushuvchi hamda antropogen taʻsirlangan hududlarda uchrashi bilan ajralib turadi. Oʻsimlikning kuchli ildiz tizimi, tik va shoxlangan poyasi, yirik oq tomirli hamda tikanli barglari, savatcha tipidagi toʻpguli va urugʻ orqali samarali koʻpayishi uning ekologik moslashuvchanlik darajasi yuqori ekanligini koʻrsatadi. Maqolada qushqoʻnmas oʻsimligining ildiz, poya, barg va generativ organlaridagi moslanish belgilarining ekologik omillar bilan bogʻliqligi yoritiladi. Shuningdek, oʻsimlikning dorivor, xoʻjalik va ayrim hududlarda invaziv ahamiyati ham ilmiy manbalar asosida izohlanadi.
References
1.Marceddu R., Dinolfo L., Carrubba A., Sarno M., Di Miceli G. Milk Thistle (Silybum marianum L.) as a Novel Multipurpose Crop for Agriculture in Marginal Environments: A Review. Agronomy. 2022, 12(3), 729.
2.Sattarov M. Distribution, ecological conditions and morpho-biological variability of milk thistle (Silybum marianum L.) in different regions. Scientia Report. 2026.
3.Fanai S. va boshqalar. Physiological and biochemical characteristics of milk thistle (Silybum marianum) under drought-related treatments. Food Science & Nutrition. 2024.
4.Khan N., Ullah R., Ali K., Jones D.A., Khan M.E.H. Invasive Milk Thistle (Silybum marianum (L.) Gaertn.) Causes Habitat Homogenization and Affects the Spatial Distribution of Vegetation in the Semi-Arid Regions of Northern Pakistan. Agriculture. 2022, 12(5), 687.
5.Khan N. va boshqalar. Environment-Driven Changes in the Functional Traits of Milk Thistle (Silybum marianum). Frontiers in Plant Science. 2022.
6.Oprică L., Grigore M., va boshqalar. Biochemical responses of Silybum marianum seedlings to independent and combined salt and SiO2 treatments. Notulae Botanicae Horti Agrobotanici Cluj-Napoca. 2023.
7.Zahra N. va boshqalar. Plant growth promoters mediated quality and yield attributes of milk thistle under salinity stress. Scientific Reports. 2021.