BUXORO SHAHRIDAGI QABRISTON YERLARINING HUQUQIY-KADASTR VA INFRATUZILMAVIY HOLATINI GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA KOMPLEKS BAHOLASH

Authors

  • Adizova Farangiz Nurali qizi-Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti.

Keywords:

Kalit so‘zlar: qabriston, yer kadastri, GIS, huquqiy maqom, monitoring, infratuzilma, ekologik xavfsizlik, parametrik pasport, yer resurslari, shaharsozlik.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada Buxoro shahri hududidagi qabriston yerlarining huquqiy-kadastr holati, yer maydonlari, chegaralarining muhandislik jihatdan jihozlanganligi va mavjud infratuzilmasi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning empirik bazasini shaharning turli mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan 37 ta qabriston bo‘yicha to‘plangan dala va kadastr ma’lumotlari tashkil etdi. Tadqiqotda hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, geodezik o‘lchash, GIS tahlili, statistik guruhlash va ko‘p mezonli baholash tamoyillaridan foydalanildi. O‘rganilgan obyektlarning umumiy maydoni 86,26985 ga ni tashkil etdi. 23 ta qabristonda yer ajratish bo‘yicha hokim qarori mavjud, 14 ta obyekt bo‘yicha esa bunday hujjat qayd etilmagan. 21 ta obyektning kadastr hujjatlari mavjud bo‘lib, qolgan 16 ta obyekt bo‘yicha hujjatlar shakllantirilmagan yoki mavjud emas. 23 ta qabriston to‘liq devor bilan o‘ralgan, 25 tasida kirish darvozasi mavjud. Olingan natijalar asosida qabristonlarning huquqiy, kadastr, infratuzilmaviy, ekologik va fazoviy ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi parametrik elektron pasport hamda GIS asosidagi ko‘p mezonli monitoring tizimi taklif etildi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. Yer monitoringi, davlat yer kadastri va yerlarni muhofaza qilishga oid normalar.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori. “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida.

3.Lotfi S., Habibi K., Koohsari M.J. Integrating Multi-Criteria Models and Geographical Information System for Cemetery Site Selection: A Case Study of Sanandaj City, Iran. Acta Geographica Slovenica, 2009, 49(1). doi:10.3986/AGS49106.

4.Valgunadi A.N., Nandi, Astari A.J. Threshold Analysis of Public Cemeteries for Mapping the Suitability of New Public Cemeteries in the Future Using Remote Sensing and Geographic Information Systems in Tasikmalaya City. Jurnal Geografi, Edukasi dan Lingkungan, 2024, 8(2), 219–241. doi:10.22236/jgel.v8i2.14560.

5.Żychowski J. Impact of Cemeteries on Groundwater Chemistry: A Review. Catena, 2012, Vol. 93, 29–37. doi:10.1016/j.catena.2012.01.009.

6.Żychowski J., Bryndal T. Impact of Cemeteries on Groundwater Contamination by Bacteria and Viruses — A Review. Journal of Water and Health, 2015, 13(2), 285–301. doi:10.2166/wh.2014.119.

7.Schmidt M.L., Yuan F., Jang W. Cemetery Mapping and Digital Data Analysis: A Case Study in Minnesota, USA. Journal of Geography and Geology, Vol. 12, No. 2. doi:10.5539/jgg.v12n2p40.

Downloads

Published

2026-09-11

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.