RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA BOSHQARUV JARAYONLARINING TRANSFORMATSIYASI
Keywords:
Raqamli transformatsiyani kichik tadbirkorlik faoliyatiga alohida dasturiy mahsulotlar yoki zamonaviy texnik vositalarni joriy etish bilangina izohlash ilmiy jihatdan yetarli emas.Abstract
Jahon iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqaruv jarayonlariga chuqur kirib borishi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning an’anaviy tamoyillarini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonaning raqobatbardoshligi endilikda faqat moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari yoki kapital hajmi bilan emas, balki axborotni tezkor olish va qayta ishlash, ma’lumotlardan boshqaruv resursi sifatida foydalanish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, mijozlar bilan raqamli kanallar orqali ishlash hamda o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati bilan ham belgilanmoqda. Ayniqsa, tashkiliy tuzilmasining nisbatan ixchamligi va boshqaruv qarorlarini tez qabul qilish imkoniyati bilan ajralib turadigan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli transformatsiya yangi iqtisodiy imkoniyatlarni shakllantirish bilan bir qatorda, mavjud boshqaruv jarayonlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.
References
1.“Raqamli Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son.
2.S. Ben Slimane, R. Coeurderoy, H. Mhenni. Digital Transformation of Small and Medium Enterprises: A Systematic Literature Review and an Integrative Framework // International Studies of Management & Organization. – 2022. – Vol. 52, No. 2. – P. 96–99. – DOI: 10.1080/00208825.2022.2072067.
3.J. González-Varona, A. López-Paredes, D. Poza, F. Acebes. Building and Development of an Organizational Competence for Digital Transformation in SMEs // Journal of Industrial Engineering and Management. – 2021. – Vol. 14, No. 1. – P. 15–17. – DOI: 10.3926/jiem.3279.
4.V. Abduraxmonov, D. Yusupova. Kichik biznesda raqamli transformatsiyaning ahamiyati // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. – 2026. – Vol. 4, 2-maxsus son. – Toshkent: “Ma’rifat-Print-Media” MChJ, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. – DOI: 10.5281/zenodo.20476013.
5.European Commission. The Netherlands 2025 Digital Decade Country Report. – Brussels: European Commission, Directorate-General for Communications Networks, Content and Technology, 2025.
6.Eurostat. Enterprises Using AI Technologies or Buying Sophisticated or Intermediate Cloud Computing Services or Performing Data Analytics. – Luxembourg: Statistical Office of the European Union, 2025.