HOMILADOR AYOLLARDA RINIT VA RINOSINUSIT KECHISHINING XUSUSIYATLARI
Keywords:
Maqsad. Homilador ayollarda rinit va rinosinusitning klinik kechish xususiyatlarini tizimlashtirish, ularni farqlash mezonlarini aniqlashtirish hamda diagnostik va kuzatuv yondashuvlarining daliliy asoslarini yoritish.Abstract
Dolzarbligi. Homiladorlik davrida gormonal va tomir o‘zgarishlari burun shilliq qavatida shish paydo bo‘lishiga olib kelib, burun orqali nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Burun bitishi homiladorlik riniti bilan bir qatorda allergik rinit, virusli infeksiya, o‘tkir yoki surunkali rinosinusit hamda mahalliy dekongestantlardan ortiqcha foydalanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli ushbu holatlarni to‘g‘ri differensial tashxislash klinik jihatdan muhimdir.