BIOMASSA CHIQINDILARI ASOSIDAGI ADSORBENTLARNING METILEN KO‘KNI ADSORBSIYALASH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi chiqindilari, arzon adsorbent, biomassa, lignosellyuloza, barglar, tolalar, metilen ko‘k, adsorbsiya, Qmax, oqova suv.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosida olinadigan arzon adsorbentlarning oqova suvlarni, ayniqsa metilen ko‘k bilan ifloslangan suvlarni tozalashdagi adsorbsion xususiyatlari tahlil qilingan. Adsorbsiya jarayonining soddaligi, yuqori samaradorligi va nisbatan kam energiya talab qilishi oqova suvlarni tozalashda ushbu usuldan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. An’anaviy faollashtirilgan ko‘mirning nisbatan yuqori qiymati mahalliy, arzon va qayta tiklanuvchi xomashyolardan adsorbentlar olishga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi chiqindilarining turli guruhlari, jumladan, o‘simlik tolalari, poyalar, po‘stloqlar va barglar asosidagi adsorbentlarning maksimal adsorbsiya sig‘imi (Qmax), adsorbsiya modeli, pH, harorat va kontakt vaqti bo‘yicha ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, qarag‘ay qubbasi uchun Qmax 872,5 mg/g, sholi poxoli uchun 652,55 mg/g, Broussonetia papyrifera tolasi uchun 520 mg/g, Broussonetia papyrifera va eman barglari uchun esa 500 mg/g qiymatlar qayd etilgan. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligi chiqindilarini arzon va samarali adsorbentlarga aylantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
References
1.Crini G. Non-conventional low-cost adsorbents for dye removal: A review. Bioresource Technology. 2006;97(9):1061–1085.
2.Gupta V.K., Suhas. Application of low-cost adsorbents for dye removal – A review. Journal of Environmental Management. 2009;90(8):2313–2342.
3.Kyzas G.Z., Kostoglou M. Green adsorbents for wastewaters: A critical review. Materials. 2014;7(1):333–364.
4.Ali I., Asim M., Khan T.A. Low-cost adsorbents for the removal of organic pollutants from wastewater. Journal of Environmental Management. 2012;113:170–183.
5.Hokkanen S., Bhatnagar A., Sillanpää M. A review on modification methods to cellulose-based adsorbents. Water Research. 2016;91:156–173.
6.Klemm D., Cranston E.D., Fischer D. et al. Nanocellulose as a natural source for advanced materials. Angewandte Chemie International Edition. 2018;57(20):5698–5744.
7.Habibi Y. Key advances in the chemical modification of nanocelluloses. Chemical Society Reviews. 2014;43:1519–1542.
8.Wang J., Guo X. Adsorption kinetic models: Physical meanings and applications. Journal of Hazardous Materials. 2020;390:122156.
9.Tan K.B., Vakili M., Horri B.A. et al. Adsorption isotherms and kinetics of dyes on low-cost adsorbents: A review. Journal of Environmental Chemical Engineering. 2015;3(2):710–726.