SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDAGI ADSORBENTLARNING METILEN KO‘KNI ADSORBSIYALASH SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi chiqindilari, sanoat chiqindilari, biomassa, arzon adsorbent, metilen ko‘k, adsorbsiya, Qmax, bioadsorbent, oqova suv.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari asosida olinadigan arzon adsorbentlarning metilen ko‘k bilan ifloslangan suvlarni tozalashdagi adsorbsion samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda turli xil biomassa chiqindilari, jumladan meva va sabzavot po‘stloqlari, o‘simlik poyalari, tolalar, barglar, daraxt po‘stloqlari hamda sanoat chiqindilari asosida olingan adsorbentlarning maksimal adsorbsiya sig‘imi (Qmax), pH, harorat va kontakt vaqti kabi asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori Qmax qiymatlari qarag’ay qubbasiuchun 872.5mg/g, makkajo‘xori so‘tasi/po‘chog‘i uchun 865,55 mg/g va sholi poxoli uchun 652,55 mg/g ni tashkil etdi. Buryuseneta perperoni tolasi, Buryuseneta perperoni barglari va eman bargi uchun Qmax qiymati 500 mg/g ga teng bo‘ldi. Miskantus poyasi va kashtan bargi kukuni uchun mos ravishda 490,05 mg/g va 382,65 mg/g qiymatlar qayd etildi. Eng past adsorbsiya sig‘imi faollashtirilgan uchuvchan kul uchun 14,85 mg/g ni tashkil etdi. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligi va biomassa chiqindilaridan arzon, samarali va ekologik jihatdan maqbul adsorbentlar olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.
References
1.Crini G. Non-conventional low-cost adsorbents for dye removal: A review. Bioresource Technology. 2006;97(9):1061–1085.
2.Gupta V.K., Suhas. Application of low-cost adsorbents for dye removal – A review. Journal of Environmental Management. 2009;90(8):2313–2342.
3.Kyzas G.Z., Kostoglou M. Green adsorbents for wastewaters: A critical review. Materials. 2014;7(1):333–364.
4.Ali I., Asim M., Khan T.A. Low-cost adsorbents for the removal of organic pollutants from wastewater. Journal of Environmental Management. 2012;113:170–183.
5.Hokkanen S., Bhatnagar A., Sillanpää M. A review on modification methods to cellulose-based adsorbents. Water Research. 2016;91:156–173.
6.Klemm D., Cranston E.D., Fischer D. et al. Nanocellulose as a natural source for advanced materials. Angewandte Chemie International Edition. 2018;57(20):5698–5744.
7.Habibi Y. Key advances in the chemical modification of nanocelluloses. Chemical Society Reviews. 2014;43:1519–1542.
8.Wang J., Guo X. Adsorption kinetic models: Physical meanings and applications. Journal of Hazardous Materials. 2020;390:122156.
9.Tan K.B., Vakili M., Horri B.A. et al. Adsorption isotherms and kinetics of dyes on low-cost adsorbents: A review. Journal of Environmental Chemical Engineering. 2015;3(2):710–726.