JASMIN DARZNIKNING “QAFASDAGI QUSH NIDOSI” ROMANIDA EKSSENTRIZM POETIKASI: FORUG‘ FARROHZOD OBRAZI MISOLIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: ekssentrizm, postmodern poetika, Forug‘ Farrohzod, Jasmin Darznik, patriarxal nazorat, tana va hokimiyat, gender, badiiy biografiya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Jasmin Darznikning “Qafasdagi qush nidosi” romanida Forug‘ Farrohzod obrazi orqali namoyon bo‘lgan ekssentrizm hodisasi postmodern nazariya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Forug‘ning jamiyat tomonidan belgilangan axloqiy, ijtimoiy va gender me’yorlaridan chetga chiqishi – yashirin uchrashuvlar, ota tomonidan qo‘llangan jismoniy jazo, onasi tomonidan o‘tkazilgan bokiralik tekshiruvi, jinnixonaga joylashtirilishi va nihoyat farzandini tark etishi – markazdan ongli ravishda chekinish strategiyasi sifatida qayta baholanadi. Linda Hatchonning postmodern poetika kontseptsiyasi, Mishel Fukoning tana va hokimiyat nazariyasi hamda Elein Shouolterning feministik adabiyotshunoslik yondashuvlariga tayangan holda, maqolada ayol tanasining ijtimoiy nazorat obyektiga aylanishi va she’riyatning bu nazoratga qarshi ovoz topish vositasi sifatidagi vazifasi yoritiladi.
References
1.Darznik J. Song of a Captive Bird. – New York: Ballantine Books, 2018.
2.Hutcheon L. A Poetics of Postmodernism: History, Theory, Fiction. – New York: Routledge, 1988.
3.Foucault M. Discipline and Punish: The Birth of the Prison. – New York: Vintage Books, 1995.
4.Showalter E. A Literature of Their Own: British Women Novelists from Bronte to Lessing. – Princeton: Princeton University Press, 1977.
5.Farrokhzad F. Sin: Selected Poems of Forugh Farrokhzad. Trans. by Sholeh Wolpé. – Fayetteville: University of Arkansas Press, 2007.