XALQARO TA’LIM TAJRIBASI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH YONDASHUVLARI
Keywords:
Xorijiy davlatlar (AQSH tajribasi misolida) pedagogik ta’lim tizimini o‘rganish va undagi natijaga yo‘naltirilganlik, klinik amaliyot hamda ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish yondashuvlarini milliy ta’lim tizimimizga integratsiyalash mexanizmlarini asoslashdan iborat.Abstract
Jahon ta’lim makonida pedagog kadrlar tayyorlashning zamonaviy modellari nazariy bilimlarni o‘zlashtirishdan ko‘ra, real ta’lim muhitida aniq natijalarga erishish va pedagogik faoliyatni loyihalashtirish ko‘nikmalariga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. AQSH, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi ilg‘or tajribalarni tahlil qilish, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda tizimli yondashuvlar zarurligini ko‘rsatadi.Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida pedagog kadrlar tayyorlash paradigmasi tubdan o‘zgarmoqda: an’anaviy nazariy ta’lim modelidan kompetensiyaga asoslangan ta’lim modeliga o‘tish davr talabiga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi islohotlari, xususan, pedagoglar malakasini oshirish va ularning kasbiy mahoratini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish vazifasi oliy ta’lim oldida turgan eng muhim strategik maqsadlardan biridir.