INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KINOYANING O‘XSHASH VA NOO‘XSHASH JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kinoya, ironiya, ingliz tili, o‘zbek tili, lingvopragmatika, pragmatik ma’no, yashirin ma’no, kontekst, lingvomadaniyat, kommunikativ funksiya, izomorfizm, allomorfizm.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida kinoyaning o‘xshash hamda noo‘xshash jihatlari lingvopragmatik va lingvomadaniy nuqtai nazardan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda kinoyaning bevosita va ko‘zda tutilgan ma’no o‘rtasidagi nomuvofiqlik, kontekstual shartlanganlik, baholovchilik, kommunikativ maqsad va adresat tomonidan yashirin mazmunning tiklanishi kabi umumiy xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kinoyaning ingliz va o‘zbek tillarida leksik, frazeologik, metaforik, sintaktik, prosodik hamda kontekstual vositalar orqali yuzaga chiqishidagi farqlar yoritiladi. Maqolada kinoyaning ikki tilda mutlaq ekvivalent emasligi, balki umumiy pragmatik mexanizmning turli lingvomadaniy vositalar orqali namoyon bo‘lishi haqidagi mualliflik konsepsiyasi ilgari suriladi.
References
1.Booth, W. C. A Rhetoric of Irony. Chicago: University of Chicago Press, 1974.
2.Grice, H. P. Logic and Conversation // Syntax and Semantics. Vol. 3: Speech Acts. New York: Academic Press, 1975. P. 41–58.
3.Hutcheon, L. Irony's Edge: The Theory and Politics of Irony. London: Routledge, 1994.
4.Sperber, D., Wilson, D. Irony and the Use-Mention Distinction // Radical Pragmatics. New York: Academic Press, 1981. P. 295–318
5.Wilson, D., Sperber, D. On Verbal Irony // Lingua. 1992. Vol. 87. P. 53–76
6.Sheraliyeva, M. Hozirgi o‘zbek nasrida kinoya. Toshkent: Akademnashr, 2016.
7.Xudoyberganova, D. Lingvokulturologiya asoslari. Toshkent, 2013.
8.Ismoiljonova, N. Kinoya (ironiya, sarkazm) ning ingliz va o‘zbek tilshunosligidagi pragmatik tabiati // Acta NUUz. 2026. № 1(1.8). B. 319–321. DOI: 10.69617/nuuz.v1i1.8.12693.
9.Baxramova, O. B. Ingliz va o‘zbek tillarida kinoya mazmun ifodalovchi usul hamda vositalar // Ilm fan xabarnomasi. 2026.