INGLIZ VA O‘ZBEK RAQAMLI DISKURSIDA XUSHMUOMALALIKNI IFODALOVCHI MULTIMODAL VOSITALARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
raqamli diskurs, xushmuomalalik, multimodallik, pragmatika, emoji, emotikon, ingliz tili, o‘zbek tili, raqamli muloqot.Abstract
Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek raqamli diskursida xushmuomalalikni ifodalashda qo‘llanadigan multimodal vositalarning pragmatik xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma nuqtayi nazardan yoritiladi. Raqamli muloqotda xushmuomalalik faqat lingvistik birliklar orqali emas, balki emoji, emotikon, tinish belgilari, grafik shakllar va ularning verbal vositalar bilan birikishi orqali ham yuzaga kelishi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli muloqotda iltimos, minnatdorchilik, uzr, murojaat va rad etish kabi kommunikativ maqsadlarning multimodal ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, bir xil multimodal vosita turli kommunikativ vaziyatlarda turlicha pragmatik ma’no hosil qilishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi.
References
1.Brown P., Levinson S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge: Cambridge University Press, 1987.
2.Leech G. N. Principles of Pragmatics. London: Longman, 1983.
3.Kress G., van Leeuwen T. Reading Images: The Grammar of Visual Design. London: Routledge, 2006.
4.Jewitt C. The Routledge Handbook of Multimodal Analysis. London: Routledge, 2016.
5.Herring S. C. Computer-Mediated Discourse Analysis: An Approach to Researching Online Behavior // Designing for Virtual Communities in the Service of Learning. Cambridge University Press, 2004.
6.Barton D., Lee C. Language Online: Investigating Digital Texts and Practices. London: Routledge, 2013.
7.Tagg C. The Discourse of Text Messaging. London: Continuum, 2012.