MATEMATIKA FANINI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISH: TEXNIKUM TA’LIMI MISOLIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: matematika, texnikum, kasbiy mazmun, ishlab chiqarish masalalari, integrallashgan dars, nazorat kesimi, o‘quv faolligi.Abstract
Annotatsiya. Tezisda matematika kursini texnikum talabalarining bo‘lajak kasbi mazmuni bilan uyg‘unlashtirib o‘qitish tajribasi yoritilgan. Tajriba-sinov Toshkent shahridagi texnikumlardan birining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” va “Agronomiya” yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Asosiy vosita sifatida ishlab chiqarish mazmunidagi masalalar tizimi hamda matematika va maxsus fan o‘qituvchilari birgalikda o‘tkazadigan integrallashgan darslar tanlandi. Semestr davomida uch marta o‘tkazilgan nazorat kesimlari tajriba guruhi natijalarining izchil o‘sib borganini, yakunda esa nazorat guruhidan ishonchli farq qilganini ko‘rsatdi. Talabalarning darslarga qatnashishi va fanga munosabatida ham ijobiy o‘zgarish qayd etildi. Tajriba matematikani kasbdan ajratmay o‘qitish texnikum ta’limining ichki zaxirasi ekanini tasdiqlaydi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni.
2.Freudenthal H. Revisiting mathematics education: China lectures. – Dordrecht: Kluwer, 1991. – 200 p.
3.Bessot A., Ridgway J. (eds.). Education for mathematics in the workplace. – Dordrecht: Kluwer, 2000. – 280 p.
4.Blum W., Niss M. Applied mathematical problem solving, modelling, applications, and links to other subjects — state, trends and issues in mathematics instruction // Educational Studies in Mathematics. – 1991. – Vol. 22, № 1. – P. 37–68.
5.Шапиро И.М. Использование задач с практическим содержанием в преподавании математики. – М.: Просвещение, 1990. – 96 с.
6.Abdullayeva B.S. va boshqalar. Matematika o‘qitish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2015.