BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA VAQTNI BOSHQARISH KONSEPSIYASINING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Soliyeva Ruxsora Sharobiddin qizi Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2-bosqich magstranti

Keywords:

Bo‘lajak o‘qituvchi, taym-menejment, metakompetensiya, emotsional charchash, xronometraj.

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimidagi islohotlar va raqamlashtirish jarayonlari o‘qituvchilar zimmasiga ulkan funksional vazifalarni yuklamoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining faoliyati faqat dars berish bilan cheklanib qolmay, o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish, elektron platformalar (e-maktab) bilan ishlash, ota-onalar bilan muloqot va metodik hujjatlarni yuritish kabi ko‘plab komponentlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur sharoitda o‘qituvchilar duch keladigan eng katta muammolardan biri — vaqt taqchilligi (defitsiti) hisoblanadi. Vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash esa o‘qituvchining kasbiy charchashi va ta’lim sifatining pasayishiga olib keladi. Shu sababli, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini oliy ta’lim bosqichidayoq taym-menejment (vaqtni boshqarish) konsepsiyasi bilan tanishtirish pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.Pedagogik kontekstda "taym-menejment" tushunchasi shunchaki mexanik xronometraj doirasidan chiqib, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy faoliyatini prognozlashtirish madaniyoti sifatida talqin etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash paradigmasida ushbu tushuncha uchta pedagogik o‘lcham orqali interpretatsiya qilinadi: aksiologik (vaqtga nisbatan oliy qadriyat sifatida qarash), kognitiv-metodologik (talabalarga rejalashtirishning ilmiy metodlarini o‘rgatish) va refleksiv-boshqaruvchanlik (vaqt "o‘g‘rilari"ni mustaqil tahlil qila olish).Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. 45 daqiqalik dars davomida bolaning diqqati har 10-15 daqiqada charchaydi. O‘qituvchi dars vaqtini shunday taqsimlashi kerakki, bu oraliqda dam olish daqiqalari va faoliyat almashinuvi aniq hisobga olingan bo‘lishi shart. Shuningdek, boshlang‘ich sinflardagi kutilmagan vaziyatlar uchun dars rejasida kamida 5 daqiqalik "moslanuvchan zaxira vaqti" qoldirish zarur. Oliygohlar o‘quv rejasiga "Pedagogik taym-menejment" tanlov fanini kiritish bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy va professional vaqt balansini (Work-Life Balance) ta'minlovchi metakompetensiyani shakllantiradi va kasbiy charchashning oldini oladi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2020. – 72 b.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-son Farmoni.

3.Ergasheva, M. B. (2022). Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishning nazariy-pedagogik asoslari. Pedagogika jurnali, 3(2), 45-51.

4.Ishmuhammedov, R. J., & Abduqodirov, A. A. (2021). Ta’limda innovatsion texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan va texnologiyalar. – 180 b.

5.Jalolova, S. X. (2024). Pedagogik faoliyatda taym-menejment muammolari va yechimlari. Ta'lim va innovatsiya, 5(1), 112-118.

6.Kovi, S. (2021). Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi (Asaxiy Books tarjimasi). Toshkent: Nishon-Noshir. – 380 b.

7.Mavlonova, R. A., & Sanaqulov, X. R. (2020). Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya. Toshkent: O‘qituvchi. – 230 b.

8.Umarov, B. M. (2023). O'qituvchi shaxsining kasbiy shakllanishi va emotsional barqarorligi masalalari. Toshkent: Mumtoz so'z. – 165 b.

Downloads

Published

2026-05-19

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.