BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MATEMATIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNI SHAKLI, METODI VA VOSITALARI
Keywords:
matematik kompetentlik, boshlang‘ich ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, matematik savodxonlik, ta’lim metodlari, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Mazkur tezisda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning shakl, metod va vositalari yoritilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, matematik masalalarni yechish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda o‘z bilimlarini pedagogik jarayonda samarali qo‘llash kompetentligini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, matematik kompetentlikni rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlar, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, mustaqil ta’lim, didaktik topshiriqlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur shakl, metod va vositalardan maqsadli foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi va matematik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida: PF-158-son Farmon. — Toshkent, 2023.
2.O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. — Toshkent, 2020.
3.OECD. PISA 2022 Assessment and Analytical Framework: Mathematics, Reading, Science and Financial Literacy. — Paris: OECD Publishing, 2023.
4.OECD. PISA 2022 Results (Volume I): The State of Learning and Equity in Education. — Paris: OECD Publishing, 2023.
5.UNESCO. Global Education Monitoring Report 2023: Technology in Education — A Tool on Whose Terms? — Paris: UNESCO, 2023.