MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- boshlagan ishni oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qoʻyib, uni bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, oʻrtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi.Abstract
STEAM taʼlim texnologiyasi ta’lim oluvchilarni yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U ta’lim oluvchilarni bir vaqtning oʻzida – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. Bolalarni ilmiy-texnika yoʻnalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Uning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir, ya’ni, oʻrganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qoʻlimiz bilan ham ishlashimiz kerak. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli oʻrganish uchun ham miyani, ham qoʻllarini ishlatadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar STEAM faoliyati uchun juda mosdir. Bolalar atrofdagi hamma narsa qanday ishlashini bilishni, amaliy mashgʻulotlarni, tajribalar oʻtkazishni koʻproq xohlashadi. Ular oʻz dunyosida nima sodir boʻlayotganini chuqurroq oʻylab koʻrishlari va ularni nima qiziqtirayotganini aytib berishlari mumkin. Bu davrda bola bilan STEAM mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ajoyib imkoniyat. Bolaga imkoniyat berish, oʻzining xayolot dunyosiga shoʻngʻishiga qoʻyib berish lozim.
References
1.Gafurova D. S. Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari / O‘quv qo‘llanma. “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti. 2023. 314-bet
2.Gafurova D. S. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARINING PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHDA STEAM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHINING AFZALLIK JIHATLARI //Экономика и социум. – 2024. – №. 4-1 (119). – С. 127-132.
3.Волосовец Т.В., Маркова В.А., Аверин С.А. STEM-образование детей дошкольного и младшего школьного возраста. Парциальная модульная программа развития интеллектуальных способностей в процессе познавательной деятельности и вовлечения в научно-техническое творчество: учебная программа / Т. В. Волосовец и др. — 2-е изд., стереотип. — М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2019. — 112 с.: ил. Рецензия № 224/07 от ФГБОУ ВО «ИИДСВ РАО» Протокол № 7 от 26 сентября 2017 г. заседания Ученого совета ФГБОУ ВО «ИИДСВ РАО»
4.Rajabova L.Ch. Implementation of STEAM technology in preschool education. Экономика и социум.-2021.- №12(91) l’ISSN: ISSN 2225-1545. 527-530-b.
5.FORMATION OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS IN THE TRAINING OF VISUAL ACTIVITY "Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1
6.Эвдокимова Е.С. Технология проектирования в ДОУ Е.С.Эвдокимова. – М.: ТЦ Сфера, 2006. – 64 с.