SAHIH MUSLIM ASARI VA UNING NOMI BORASIDAGI QARASHLAR
Keywords:
Imom Muslim, Sahih Muslim, Musnadus sahih, hadis, muhaddis, isnod, roviy, Muqaddima, sahih hadis, Naysabur.Abstract
Mazkur tezisda Imom Muslim ibn Hajjojning hadis ilmidagi muhim asari “Sahih Muslim”ning yaratilish tarixi, muallif tomonidan asarga qo‘yilgan nom masalasi hamda keyingi davr ulamolarining ushbu nom borasidagi qarashlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asarning yozilish muddati haqidagi turli rivoyatlar, uning “Jomiy”, “Sahih”, “Musnadus sahih” kabi nomlar bilan atalish sabablari o‘rganiladi. Shuningdek, Imom Muslimning asar muqaddimasida hadis ilmi, roviylar martabasi va rivoyat qoidalariga oid qarashlari hamda keyingi muhaddislarning “Muqaddima”ga bergan ilmiy bahosi yoritiladi. Manbalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida asarning eng keng tarqalgan nomi “Sahihi Muslim” bo‘lsa-da, muallifning o‘z iborasida “Musnadus sahih” nomi qo‘llangani haqidagi qarashning ilmiy asoslari ko‘rib chiqiladi.
References
1.Shabbir Ahmad va Muhammad Taqiyuddin Usmoniy. Fathul Mulhim. J. 1. – Bayrut: Darul Ihyo, 2006.
2.Muhammad Amin Hiraviy. Kavkabul vahhoj sharhi Sahih Muslim. – Makka: Dorul Minhaj, 2009.
3.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Usmonxon Alimov, Bahrom Abduhalimov, Ismoil Muhammad Sodiq. Oltin Silsila. Sahihi Muslim. J. 1. – Toshkent: Hilol nashr, 2019.
4.Shayx Sofiyyur Rohman ibn Abdulloh Muborakfuriy. Minnatul mun’im sharhi Sahih Muslim. J. 1. – Riyoz: Dorussalom, 1999.