XURSHID DAVRONNING “SHAHIDLAR SHOHI” TARIXIY-MA’RIFIY QISSASIDA KOMPOZITSION QURILISH VA BADIIY YAXLITLIK

Authors

  • Abdulloyeva Farangis Azim qizi Navoiy davlat universiteti doktaranti

Keywords:

Xurshid Davron, Shahidlar shohi, Najmiddin Kubro, kompozitsiya, tarixiy-ma’rifiy qissa, xronotop, tasavvufiy poetika, shahidlik, Gurganj, badiiy yaxlitlik.

Abstract

Maqolada Xurshid Davronning “Shahidlar shohi” tarixiy-ma’rifiy qissasi kompozitsiyasi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asarning muqaddima, tarixiy ekspozitsiya, Najmiddin Kubro hayoti va ruhiy kamoloti, Gurganj fojiasi hamda shahidlik motivi bilan bog‘liq kompozitsion qatlamlari o‘rganiladi. Qissada tarixiy voqelik oddiy xronologik tartibda emas, balki ma’rifiy-falsafiy konsepsiyani ochishga xizmat qiluvchi badiiy tizim sifatida qurilgani asoslanadi. Karvon talanishi, Turkon xotun fojiasi, Chingizxon xotirasi, tasavvufiy suhbatlar, pir-murid munosabatlari va oneirik epizodlarning barchasi Najmiddin Kubro obrazini tarixiy shaxsdan ma’naviy timsol darajasiga ko‘taruvchi kompozitsion vazifa bajarishi ko‘rsatib beriladi.

 

References

Davron X. Shahidlar shohi (Najmiddin Kubro tushlari). Tarixiy-ma’rifiy qissa. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2008. – 200

2. Navoiy A. Nasoyim ul-muhabbat. Mukammal asarlar to‘plami. 17-jild. – Toshkent: Fan, 2001.

3. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

4. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013.

5. Shayx Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot. Tarjima va nashrga tayyorlovchilar: Ibrohim Haqqul, Aziza Bektosh. – Toshkent: Movarounnahr, 2004.

Downloads

Published

2026-05-31

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.