GEOGRAFIYA TA’LIMIDA FORMATIV VA SUMMATIV BAHOLASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA AMALIY QO‘LLANILISHI
Keywords:
geografiya ta’limi, formativ baholash, summativ baholash, baholash mezonlari, teskari aloqa, hayotiy ko‘nikmalar, kompetensiya, geografik tahlil, GIS, refleksiya.Abstract
Mazkur maqolada geografiya ta’limida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholashda formativ va summativ baholash yondashuvlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Formativ baholash orqali o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini muntazam kuzatish, xatolarini aniqlash va tezkor teskari aloqa berish, summativ baholash orqali esa ma’lum ta’lim bosqichida erishilgan natijalarni umumlashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Geografiya darslarida xarita bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, GIS texnologiyalaridan foydalanish, muammoli vaziyatlarni hal etish, loyiha va tadqiqot topshiriqlarini bajarish jarayonida baholashning amaliy mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, mazkur baholash yondashuvlarining o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv, hamkorlik, kommunikativlik va refleksiya kabi hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan.
References
1.Mavlonova R.A., Raxmonqulova N.H. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi// o‘quv qo‘llanma. - Toshkent.- “Ilm ziyo”.- 2009. -191 b
2.Muminov O. Faoliyatga asoslangan yondashuv asosida geografiya darslarini tashkil etish. Ta’lim va innovatsiya jurnali, №3, 2021. 112–118.
3.Muminov O. Geografiya ta’limi metodiaksi, Pedagogika studentlari uchun qo‘llanma. T.”O‘qituvchi”-1986. 205 b.
4.Norboyev A. Uzluksiz geografiya ta’limining sifat va samaradorligini oshirish texnologiyasi: monografiya.-T.,2016. 100 b.
5.Qurbonniyozov R. Geografiya o‘qitish metodikasi (2-qism), o‘quv qo‘llanma. –Toshkent.-“Innovatsiya-Ziyo”.-2021, 190 b.
6.Samiyev U.A. Innovatsion ta’lim muhitida geografiya fanlarini o‘qitishning tashkiliy masalalari va ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar. “Экономика и социум” №2(129)-2 2025. 162-167 bet.
7.Sultonova N.B., Abdimurotov O.U. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursida Keys-stadi texnologiyasidan foydalanish//Geografiya fani va ta’limning zamonaviy muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.-Toshkent, 2015.-b.423-426.
8.STENA Recycling. https://www.stenarecycling.com/news-insights/insights-inspiration/guides-articles/the-majority-of-swedes-want-recycled-materials-in-products/.
9. Vaxobov X. Geografiya o‘qitish metodikasi: darslik.-T.,2021. 354 bet.