BO‘LAJAK GEOGRAFIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TABIIY-ILMIY VA MA’NAVIY YONDASHUVLAR
Keywords:
kasbiy kompetentlik, geografiya ta’limi, tabiiy-ilmiy yondashuv, ma’naviy yondashuv, kompetensiyaviy ta’lim, ekologik madaniyat, barqaror rivojlanish, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Maqolada bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda tabiiy-ilmiy va ma’naviy yondashuvlarning o‘rni hamda ularning o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. Zamonaviy oliy pedagogik ta’limda geografiya o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi nafaqat tabiiy-geografik bilimlarni puxta egallashni, balki ekologik tafakkur, ma’naviy qadriyatlar, fuqarolik mas’uliyati va barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘zlashtirishni ham nazarda tutadi. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, integrativ va aksiologik yondashuvlardan foydalanildi. Natijalar tabiiy-ilmiy bilimlar bilan ma’naviy qadriyatlarning uyg‘unligi bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.
References
1.Hattie J. Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta-Analyses Relating to Achievement. – London: Routledge, 2009.
2.Muslimov N. A. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. – Toshkent, 2021.
3.Azizxo‘jayeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2019.