MIRZO ULUG’BEKNING “TO‘RT ULUS TARIXI” ASARIDA TARIXIY TERMINOLOGIYANING SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA TARJIMA MUOMMOLARI.
Keywords:
tarixiy terminologiya, semantik tahlil, tarjima muammolari, ekvivalentlik, adekvatlik.Abstract
Mazkur maqolada “Toʻrt ulus tarixi” asarida qo‘llanilgan tarixiy terminologiyaning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy terminlarning denotativ va konnotativ ma’no qatlamlari, ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’muriy hamda harbiy tushunchalarni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Asardagi unvonlar, mansab nomlari va hududiy birliklarni anglatuvchi atamalar semantik guruhlarga ajratilib, ularning kontekstual funksiyasi ochib beriladi. Shuningdek, tarixiy terminlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan ekvivalentlik muammolari, semantik siljishlar va milliy-madaniy xususiyatlarni saqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tarjimada adekvatlik va tarixiy koloritni ta’minlash zarurligi ilmiy asoslanadi. Tadqiqot semantik hamda qiyosiy-tahliliy metodlar asosida amalga oshirilgan.
References
1.Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1991. –351 b.
2.Hojiyev A. O‘zbek tilshunosligi terminlari izohli lug’ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. – 158 b.
3.Mirzo Ulug’bek. To‘rt ulus tarixi. Toshkent: “Cho‘lpon”, 1994. – 352 b.
4.Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2005. – 351b.
5.Mahmudov N. Til va tafakkur. Toshkent: Ma’naviyat, 1998. –192 b .
6.Bлахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. – Москва: Международные отношения, 1980. –343 б.