Ingliz va o'zbek tillarida "oila tarbiyasi"ga oid terminlarning struktur tuzilishi va tarjimada ekvivalentlik masalasi
Keywords:
termin, oila tarbiyasi, struktur tahlil, so'z yasalishi, terminologik birikma, ekvivalentlik, lakuna, kalka, tasviriy tarjima.Abstract
Maqolada ingliz va o'zbek tillarida oila tarbiyasiga oid terminlarning struktur tuzilishi hamda ularni tarjima qilishda ekvivalentlik muammolari qiyosiy tahlil qilingan. Terminlar tuzilishiga ko'ra sodda, yasama, qo'shma va birikma (ko'p komponentli) terminlarga ajratilgan, har bir tilda yetakchi so'z yasash modellari aniqlangan. Ingliz tilida affiksatsiya va ikki komponentli atributiv birikmalar, o'zbek tilida esa affiksatsiya va izofali birikmalar ("oila tarbiyasi" modeli) yetakchi ekani ko'rsatilgan. Ekvivalentlik darajasiga ko'ra terminlar to'liq, qisman va ekvivalentsiz guruhlarga bo'lingan, ularni tarjima qilishda kalka, tasviriy tarjima, funksional analog va transliteratsiya usullari samaradorligi baholangan. Natijalar ikki tilli terminologik lug'at tuzish va tarjima amaliyotida qo'llanishi mumkin.
References
1.Hojiyev A. O'zbek tili so'z yasalishi tizimi. – Toshkent: O'qituvchi, 2007.
2.Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. – Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002.
3.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. – Toshkent: Universitet, 2006.
4.O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik. – Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.
5.O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – Toshkent, 1998.
6.Komissarov V.N. Теория перевода (лингвистические аспекты). – М.: Высшая школа, 1990.
7.Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. 3rd ed. – London: Routledge, 2018.
8.Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. – Amsterdam: John Benjamins, 1999.
9.Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988.
10.Sager J.C. A Practical Course in Terminology Processing. – Amsterdam: John Benjamins, 1990.
11.Vinay J.-P., Darbelnet J. Comparative Stylistics of French and English: A Methodology for Translation. – Amsterdam: John Benjamins, 1995.
12.Baumrind D. Effects of authoritative parental control on child behavior // Child Development. – 1966. – Vol. 37, No. 4. – P. 887–907.