ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARDA NUTQ VA MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK USULLARI

ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARDA NUTQ VA MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK USULLARI

Authors

  • Yoʻldosheva Zarnigor Ikromjon qizi Qoʻqon davlat universiteti, Surdopedagogika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Keywords:

surdopedagogika, eshitish nuqsoni, daktil nutq, labdan o‘qish, muloqot ko‘nikmalari, multisensor yondashuv, inklyuziv ta'lim, lug‘at boyligi.

Abstract

Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutq va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik usullari hamda zamonaviy surdopedagogik yondashuvlar yoritilgan. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalarning psixofiziologik xususiyatlari, daktilologiya, imo-ishora nutqi, labdan o‘qish hamda vizual-ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida maxsus ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchi 7-10 yoshdagi eshitishi og‘ir va kar bolalar guruhida pedagogik kuzatuv va mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompleks surdopedagogik usullar hamda multisensor yondashuvni (ko‘rish, taktil-vibratsion sezgilarni safarbar etish) qo‘llash bolalarning lug‘at boyligini va muloqotga kirishish faolligini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada olingan natijalar maxsus va inklyuziv ta'lim jarayonida pedagog surdopedagoglar, logopedlar hamda ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1. Vigotskiy L.S. Sobranie sochineniy: V 6-ti t. T.5. Osnovy defektologii. — M.: Pedagogika, 1983.

2. Zikov S.A. Obuchenie gluxix detey yazyku po prinsipu formirovaniya rechevogo obshcheniya. — M.: APN RSFSR, 1961.

3. Boskis R.M. Gluxie i slaboslyshashchie deti. — M.: Sovetskiy sport, 2004.

4. Mamedov K. Maxsus pedagogika va surdopedagogika asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

5. Shumatov G.A. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta'lim-tarbiyalash metodikasi. — Toshkent: Fan, 2020.

Downloads

Published

2026-11-12
Loading...