NORIN DARYOSI QUYI OQIMI BALIQLARINING MIKROPLASTIK KONTAMINATSIYASI VA UNING ORGANLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
Keywords:
mikroplastiklar, Sirdaryo havzasi, baliqlar, kontaminatsiya, organlarga xos taqsimlanish, jabralar, ovqat hazm qilish tizimi, mushak to‘qimasi, FTIR.Abstract
Mikroplastiklar chuchuk suv ekotizimlarida keng tarqalgan antropogen ifloslantiruvchilar bo‘lib, ularning suv organizmlariga tushishi va biologik tizimlar bilan o‘zaro ta’siri dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo suv havzalarida mikroplastik ifloslanishni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Xususan, Sirdaryo havzasi irmoqlarining suvi va tub cho‘kindilarida, Farg‘ona vodiysi daryolarida hamda Sirdaryo havzasi baliqlarining ovqat hazm qilish tizimida mikroplastiklar aniqlangan. Biroq baliq organizmining turli anatomik qismlaridagi mikroplastik kontaminatsiyani qiyosiy baholashga ehtiyoj mavjud. Mazkur ishning maqsadi Norin daryosining quyi oqimi baliqlarida mikroplastik kontaminatsiyani o‘rganish, zarrachalarning jabralar, ovqat hazm qilish tizimi va mushak to‘qimalari bo‘yicha taqsimlanishini baholash hamda ushbu taqsimlanish bilan bog‘liq biologik va ekologik omillarni aniqlashning ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda mikroskopik tahlil va Furye-transformatsion infraqizil spektroskopiya (FTIR) yordamida mikroplastik zarrachalarni tavsiflash hamda polimer tarkibini identifikatsiya qilish rejalashtirilgan. Ish natijalari Norin daryosi baliqlarida mikroplastik kontaminatsiya bo‘yicha hududiy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va keyingi ekologik monitoring tadqiqotlarini rivojlantirishga xizmat qilishi kutiladi.
References
1. Horton A. A., Walton A., Spurgeon D. J., Lahive E., Svendsen C. Microplastics in freshwater and terrestrial environments: Evaluating the current understanding to identify the knowledge gaps and future research priorities. Science of the Total Environment. 2017;586:127–141. DOI: 10.1016/j.scitotenv.2017.01.190.
2. Wagner M., Scherer C., Alvarez-Muñoz D., et al. Microplastics in freshwater ecosystems: What we know and what we need to know. Environmental Sciences Europe. 2014;26:12. DOI: 10.1186/s12302-014-0012-7.
3. van Emmerik T., Schwarz A. Plastic debris in rivers. WIREs Water. 2020;7(1):e1398. DOI:10.1002/wat2.1398.
4. Frank Y. A., Khusanov A., Yuldashov M., et al. Microplastics in the Syr Darya River Tributaries, Uzbekistan. Water. 2023;15(20):3698. DOI: 10.3390/w15203698.
5. Khusanov A., Frank Y., Abduvalieva M., et al. Characteristics of microplastic pollution in the rivers of the Fergana Valley, Central Asia. Environmental Monitoring and Assessment. 2025;197:896. DOI: 10.1007/s10661-025-14351-5.
6. Khusanov A., Sobirov O., Frank Y., et al. Microplastic pollution of the Zrafshan river tributary in Samarkand and Navoi regions of the Republic of Uzbekistan. Green Analytical Chemistry. 2025;12:100200. DOI: 10.1016/j.greeac.2024.100200.
7. Frank Y. A., Vorobieva S. N., Khusanov A. K., et al. Microplastics ingested by freshwater fish in rivers of the Syr Darya basin and associated ecological risks. Environmental Science and Pollution Research. 2026;33:6971–6984. DOI: 10.1007/s11356-026-37754-4.
8. Gao J., Shen T., Yang Q., Wang J., Zhang D., et al. Exposure pathway derived accumulation of microplastics in freshwater fish: A critical review. Journal of Hazardous Materials. 2025;500:140270. DOI: 10.1016/j.jhazmat.2025.140270.
9. Lin X. H., Gowen A. A., Pu H., Xu J. L. Microplastic contamination in fish: Critical review and assessment of data quality. Food Control. 2023;153:109939. DOI: 10.1016/j.foodcont.2023.109939.
10. Hermsen E., Mintenig S. M., Besseling E., Koelmans A. A. Quality criteria for the analysis of microplastic in biota samples: A critical review. Environmental Science & Technology. 2018;52(18):10230–10240. DOI: 10.1021/acs.est.8b01611.
11. Parker B. W., Beckingham B. A., Ingram B. C., Ballenger J. C., Weinstein J. E., Sancho G. Microplastic contamination in freshwater fishes: Occurrence, impacts and future perspectives. Fish and Fisheries. 2021;22(3):467–488. DOI: 10.1111/FAF.12528.
12. Azizi N., Khoshnamvand N., Nasseri S. The quantity and quality assessment of microplastics in the freshwater fishes: A systematic review and meta-analysis. Regional Studies in Marine Science. 2021;47:101955. DOI: 10.1016/j.rsma.2021.101955.