ELEKTRON HUKUMAT INDEKSINING O‘SISHI VA DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA KADR SALOHIYATINING O‘RNI
Keywords:
EGDI uch tarkibiy indeksning o‘rtachasi bo‘lgani uchun 2020–2024-yillardagi 0,1334 ballik o‘sish (0,6665 dan 0,7999 gacha) tarkibiy hissalarga ajratildi (1-jadval). Natijaga ko‘ra, o‘sishning deyarli hammasi telekommunikatsiya infratuzilmasi hisobiga ta’minlangan, onlayn xizmatlar indeksi esa pasaygan.Abstract
O‘zbekiston BMT elektron hukumat rivoji indeksi (EGDI) bo‘yicha 2020-yildagi 87-o‘rindan 2024-yilda 63-o‘ringa ko‘tarilib, birinchi marta «juda yuqori» guruhga kirdi [1; 2]. Biroq bu natija davlat xizmatlarining fuqaro uchun amaldagi sifati ham shunga mos yaxshilanganini bildiradimi, degan savol ochiq qolmoqda. Tezisda shu savolga indeks tarkibini tahlil qilish va davlatlararo regressiya orqali javob izlanadi.
References
1. United Nations. E-Government Survey 2024: Accelerating Digital Transformation for Sustainable Development. New York: UN DESA, 2024.
2. Raqamli hukumat rivoji reytingi: O‘zbekiston ko‘rsatkichlari dinamikasi (UN DESA ma’lumotlari asosida). URL: https://dgov.uz/en/ratings/detail/
3. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni (2022). URL: https://anhor.uz/news/civil-service/
4. Prezident adliya tizimida davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish taqdimoti bilan tanishdi, 05.09.2025. URL: https://podrobno.uz/cat/politic/v-uzbekistane-kolichestvo-gosuslug-uvelichat-pochti-do-tysyachi-za-tri-goda/
5. World Bank. Worldwide Governance Indicators: Government Effectiveness (estimate), 2023. URL: https://www.worldbank.org/en/publication/worldwide-governance-indicators
6. Evans P., Rauch J. E. Bureaucracy and Growth: A Cross-National Analysis of the Effects of “Weberian” State Structures on Economic Growth // American Sociological Review. 1999. Vol. 64, No. 5. P. 748–765.